Mehnatga doir ko’nikmalarning hosil bo’lishi




Download 0,55 Mb.
bet66/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

11.3.Mehnatga doir ko’nikmalarning hosil bo’lishi

Bizga ma’lumki, hayotda inson hosil qilgan ko’nikma va malakalari, ushbu inson ayni vaqtda faoliyatning qaysi turi bilan mashg’ulligi, faoliyat maqsadi hamda mazkur faoliyatda egallagan mavqesi, kasbiy layoqatlari, shaxsiy xususiyatlari va h.k.lar bilan belgilanadi. Masalan, o’qituvchi va talabalar oliygohlarda tahsil olishlari davomida, ta’lim, unumli mehnat va sport sohasiga doir ko’nikma va malakalarga ega bo’lsalar, ishlab chiqarish sohalari ishchi xodimlari hamda noishlab chiqarish sohalari xizmatchilari esa o’z kasblari, mutaxassisliklari, kategoriyalari, egallagan lavozimlari va h.k.larga muvofiq asosan mehnatga oid ongli ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.


Har bir unumli mehnatning asosiy maqsadi (xomashyo yoki yarim tayyor mahsulot, biron mahsulotning ayrim qismi yoki to’la ishlanishidan qat’iy nazar) biron moddiy, ya’ni amaliy qimmatga ega bo’lgan mahsulot berishdir.
Ishlab chiqarish sohasi mehnatiga doir (texnikaviy) ko’nikma va malakalar, ko’proq muskul harakatlarida, asosan, qo’l harakatlarida, ba’zan esa qo’l va oyoqning birgalikda qiladigan harakatlarida ifodalanadi.
Ishlab chiqarish sohasiga yangi kelgan ishchi, bu yerdagi faoliyatini avvalo shogird sifatida ish o’rganishdan boshlaydi. U o’z kasbi bo’yicha zarur ko’nikma va malakalarni egallashi uchun, kasbi bo’yicha mukammal ham aqliy, ham jismoniy yuqori malakaga hamda pedagoglik mahoratga ega bo’lgan usta murabbiyga biriktiriladi. O’qitish jarayoni ishlab chiqarish joyining imkoniga ko’ra tashkil etilgan o’qitish uchastkasi, o’qitish sexi, trenajer-dastgohlar va h.k.lar yordamida amalga oshiriladi. O’qitish jarayonida tayyorlanadigan mahsulotlar uchun navi past materiallardan va maxsus, ya’ni asosan xavfsizlikka e’tibor berib yaratilgan mehnat qurollaridan foydalaniladi. Eng asosiysi, mehnat jarayonining boshidan oxirigacha, har bir eng mayda xatti-harakatigacha qayd etilgan foto surati va ushbu suratda ko’rsatilgan harakat bo’yicha izoh, tushuntirish berilgan qo’llanma kitoblar, bundan tashqari mehnat havfsizligi qoidalari ishlanma-qo’llanmalardan foydlanilgan holda, usta-murabbiyning shaxsiy nazorati ostida muntazam amaliy darslar olib boriladi. O’quv jarayoni oxirida yakuniy nazariy, hamda amaliy imtihon orqali shogirdning egallagan kasbiy ko’nikma va malakasi aniqlanadi. Shuni ham aytish lozimki, o’quv jarayonida ko’proq mazkur kasb bo’yicha xatti-harakatlar yangi bo’lgan shogirdlarda, asosan ko’nikmalar hosil bo’ladi. Bunday deyishimizga, ko’nikma va malakaga doir tushunchalaridagi farq asos bo’ldi.

Download 0,55 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatga doir ko’nikmalarning hosil bo’lishi

Download 0,55 Mb.