|
Mehnat jarayonidagi xatti-harakatlarning guruhlanishi va ularning tavsifi
|
bet | 63/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 11.2. Mehnat jarayonidagi xatti-harakatlarning guruhlanishi va ularning tavsifi
Frenk va Lilian Gilbret tadqiqotlarining natijalari, F.U.Teylor g’oyalarida ilgari surilgan mantiqqa hamoxang, o’xshash bo’lib, amaliyotda muvaffaqiyatli tadbiq etila boshladi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalarning tadbiq etilishi, hatto korxonaning zo’r xodimlarida ham ishlab chiqarish samaradorligining bilinarli darajada o’sishiga sabab bo’ldi.
Zamon zayliga monand yangi kasb paydo bo’layotgani sababli, bunday yondashuvning dolzarbligi saqlanib qolmoqda. Har xil kasb egalarining mehnat jarayoni davomidagi harakatlarini o’rganish natijasida, ushbu harakatlar umumlashtirilganda ularni asosiy 4 guruhga ajratildi:
1. Mo’ljallovchi xatti-harakatlar.
2. Bajaruvchi xatti-harakatlar.
3. Tuzatuvchi xatti-harakatlar.
4. Tugallovchi xatti-harakatlar.
Mo’ljallovchi xatti-harakatlar deganda, biror ishni bajarishdan avval, erishilmoqchi bo’linayotgan maqsadga muvofiq keluvchi xatti-harakatlar, amallar ketma-ketligini rejalashtirib olish nazarda tutiladi. Hammaga ma’lum-ki, har qanday rejasiz, ko’r-ko’rona biror ishga, ayniqsa yangi ishga qo’l urish qo’yilgan maqsadga yetishishda sifat, miqdor hamda vaqt jihatdan mazkur ishga qo’l urgan kishini uyaltirib qo’yishi, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini esa tushirib yuborishi mumkin. Bunday holatning takrorlanishi esa, o’z navbatida ishchi-xodimning fiziologik hamda psixologik salomatligiga salbiy ta’sir qilishiga olib keladi. Demak, o’ylanmay qilingan ishdan ham psixofiziologiyaga, ham cho’ntakka, bunday holat davom etaversa, ushbu ishchi-xodimning oilaviy iqtisodiyotiga, tinchligiga, mavqesiga putur yetishiga olib keladi. Bunday holatga tushib qolgan fuqarolar sonining ma’lum bir miqdori esa, o’z navbatida davlat iqtisodiyoti, siyosiy mavqesiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham, mehnatni to’g’ri tashkillashtirish nafaqat ushbu mehnat, kasb sohalari masalalari tadqiqotchilari uchun, balki iqtisodiyot, siyosat yo’nalishi sohalaridagi olimlar uchun ham katta ahamiyatga egadir. Ushbu yo’nalishda olib borilgan izlanishlar natijasida, mo’ljallovchi xatti-harakatlarni quyidagi ikki turga, ya’ni:
1) nazariy mo’ljallovchi harakatlar.
2) amaliy mo’ljallovchi harakatlarga ajratib olish maqsadga muvofiq deb hisoblandi va bularning har birining mazmuni alohida tavsiflar bilan ochib berildi.
|
| |