• 11.1. Harakat va sa’i harakat tushunchalari. Mehnatga oid xatti-harakatlarning psixologik tahlili
  • -MAVZU. MEHNATNI TASHKIL QILISH PSIXOLOGIYASI




    Download 0,55 Mb.
    bet62/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    11-MAVZU. MEHNATNI TASHKIL QILISH PSIXOLOGIYASI

    11.1. Harakat va sa’i harakat tushunchalari. Mehnatga oid xatti-harakatlarning psixologik tahlili.


    11.2. Mehnat jarayonidagi xatti- harakatlarning guruhlanishi va ularning tavsifi.
    11.3. Mehnatga doir ko’nikmalarning hosil bo’lishi.
    11.4. Xatti-harakatlarning avtomatlashuvi va malakalarning shakllanishi. Mashqlar.


    11.1. Harakat va sa’i harakat tushunchalari. Mehnatga oid
    xatti-harakatlarning psixologik tahlili

    Faoliyatga yo’llagan maqsad, odatda, yo ko’proq, yo ozroq darajada insondan uzoqlashgan bo’ladi. Shuning uchun ham maqsadga erishish uchun, kishi harakat qila borgan sari, uning oldida paydo bo’ladigan qator juz’iy vazifalarning kishi tomonidan izchillik bilan hal etila borishidan tarkib topadi. Masalan, ishchining mehnat faoliyati, jumladan, umuman muayyan bir mahsulotni talab qilingan sifat darajasida ishlab chiqarishdan iborat yagona maqsadga va mo’ljallangan mehnat unumdorligiga erishishga qaratilgan deylik. Bu maqsadni amalga oshirish uchun vaqtning har bir bo’lagi mobaynida ma’lum bir joriy vazifalarni bajarish, masalan, detal shaklidagi qolipni yasash, qolipga pechda eritilgan metallni quyish va sovutish, yarim tayyor detalni dastgohda yo’nish, uni vaqti-vaqti bilan namuna detal o’lchamlari bilan solishtirish va shu kabilarni muvaffaqiyatli hal etish zarur bo’ladi. Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan, nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atashadi.


    Biz yuqorida keltirgan mehnat harakatlari narsalar bilan amalga oshiriladigan ishlardan iborat. Tashqi olamdagi narsalarning holatini yoki xususiyatlarini o’zgartirishga qaratilgan har qanday ish (harakat) makon va zamonda bog’langan muayyan sa’i-harakatlardan tarkib topadi. Fiziologiyadagi xatti - harakatlarning mikrotahlili (mikroanaliz) asoslari N. A. Bernshteyn va O. Fisher nomlari bilan bog’liqdir. Ushbu olimlar tomonidan, bilish va amalga oshirish ― kabi qisqa muddatli harakatlarni “Mikrotuzilish metodi” yordamida o’rganilgan. Ushbu metodda eng ko’p qo’llaniladigan uslub, test materiallarini berish vaqti bir nechta intervalga bo’linadi va bu jarayon video yoki boshqa texnika yordamida qayd etiladi. Har bir intervalda, u yoki bu funksional blok orqali bajariladigan, aqliy va psixomotor harakatlar bajarilishining xususiyatlari tahlil qilinadi. Mikrotuzilish metodining eng muhim vazifasi ― bir butunlik xususiyatini saqlab qoluvchi komponent(qism)larni ajratib olish va ular orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o’rganishdan iboratdir. Faoliyatni o’rganishga asoslangan yondoshuv an’anasiga ko’ra bunday komponent(qism)lar faoliyat tahlilining “birligi” sifatida tushuniladi.
    Psixotexnikadagi bunday yondashuv rivojlanishining tarixi quyidagichadir. 1920-yillarda Frenk va Lilian Gilbret birinchilar qatorida, ishchilarning mehnat jarayoni davomidagi harakatlarini o’rganish maqsadida, “Vaqt oralig’ida bajarilgan harakatlarni tahlil qilish” metodini yaratishdi. Ushbu metodda olingan ma’lumotlarga ko’ra, ishchilarning “tabiiy” harakatlari ichida bajarilayotgan vazifa uchun zarur, aql-idrokka asoslangan harakatlar bajarilishi bilan birga tartibsiz, ortiqcha va mantiqsiz xatti-harakatlar ham bajarilar ekan. Bunday harakatlar odatda unchalik e’tiborga olinmaydi, ammo ular shaxsan ishchining psixofiziologik holatiga salbiy ta’sir etishidan boshlab, to umuman ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining qanday bo’lishida ham katta rol o’ynar ekan.
    Xronografiya va siklografiya metodlaridagi tamoyillariga asoslangan holda, ular tomonidan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish va tejamkorlik g’oyasi ― xatti-harakatlarni mikroelementar tahlil qilishga mujassamlandi. Ma’lum bir vaqt intervalida bajarilgan harakatlar tushirilgan kinolavhalarning qayd etilishi va tahlili tadqiqotchilarga bir qator tuzilishga oid biomexanik birliklarni beshta guruhga bo’lish mumkin:
    1) mikroharakatlarning aynan o’zini belgilovchi (olish, yig’ish, ajratish, qo’yish, tushirish, joyini o’zgartirish, ushlash);
    2) perseptiv-motor harakatlarini ongli ravishda nazorat qilish bilan bog’liq (qidirish, topish, tanlash, o’rnatish);
    3) aqliy xatti-harakatlar (nazorat qilish, rejalashtirish);
    4) asosiy bajarish faoliyatini umumlashtiruvchi;
    5) ish davomidagi pauzalar bilan bog’liq (dam olish, noiloj to’xtab qolish).
    Yuqorida aytib o’tilganidek, perseptiv-motor xatti-harakatlar ongli nazorat ostida bajariladi. Ushbu ongli nazorat esa, quyidagi psixologik tarkibiy qismlar (komponentlar)dan tashkil etadi.
    Psixik nazoratni ta’minlovchi komponentlarni quyidagi sxema ko’rinishida tasvirlash qulaydir:




    Download 0,55 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. MEHNATNI TASHKIL QILISH PSIXOLOGIYASI

    Download 0,55 Mb.