|
Temperamentning xususiyatlari va turlari
|
bet | 58/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 8.2. Temperamentning xususiyatlari va turlari
Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi.
Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yoruqlik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
Iroda kishining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni engib o’tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilana- digan alohida turidir. Shu ma’noda iroda to’siqlarni engib o’tishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo’naltirilgan psixik faollik bo’lib, maqsadga intilishda sodir bo’ladi va instinktlar manbaida shakllanadi.
Irodaviy faoliyatda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zi nazorat qiladi.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z ehtiyojlariga ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo’ladi.
Iroda o’zaro bog’liq ikki vazifaning bajarilishini ta’min- laydi. Birinchisi – undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi faollikning yoqimsiz ko’rinishlarini jilov- lashda namoyon bo’ladi.
Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo’lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-tuyg’ularni boshidan kechirish bilan bog’liq, yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi va taqiqlovchi funktsiyalari bir butun holdagina shaxsning maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi.
Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo’lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o’z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g’ayratlari va qobiliyatlariga bog’lashini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama qo’llaniladi, lotinchada «lokus» – «o’rnashgan joy» va frantsuzchada «controle» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O’z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Muhandis kadrlarida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis kadrlari o’z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba’zan xizmat faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to’sqinlik qiladigan turli to’siqlarga duchor bo’ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayoniga qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlarni kiritish katta yordam beradi.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi:
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan boshlash;
qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishini tushunish; qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; maqsadga erishish bosqichlarini ko’ra olish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo’lmagan qiyinchilikni, vaqt o’tishi bilan kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi o’zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.
Muhandis kadrlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o’rni beqiyosdir. Chunki kadrning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi.
Kadrning hissiy-irodaviy turg’unligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar tug’diruvchi psixologik reaksiyalarning yo’qligi;
psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato bajarish;
kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish.
Shu nuqtai nazardan kadr faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan o’z xatti-harakatlarini boshqara olishi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olishiga bog’liq. Shuningdek, muxandiskadrlarining o’zlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan belgilanadi. Ya’ni kadr o’zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yo’q qilishi, o’zida ishonch hissini uyg’otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun kuchini qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan sanaladi.
Kadr o’zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchaga ma’lum.
Shu bois kadrlarning hissiy-irodaviy o’zini o’zi boshqarish yo’llari va usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega bo’lgan, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o’zining jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan kadr ko’proq muvaffaqiyatga erishadi.
Shu ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham kadrning o’z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo’lishiga yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning o’ziga xos sifatlari, ya’ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, shaxsning psixo- logik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan.
Temperament lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib, «aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo’llanilib kelinmoqda
Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy shartlashgan dinamik ko’rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko’pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so’zidan olingan); limfa ko’p bo’lganda flegmatik temperament (grekcha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o’tning ko’payganligini holerik temperament (grek tilidagi «hola» – «o’t» so’zidan olingan); qora o’t ko’p bo’lganda melanxolik temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o’t») deb ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos bo’lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Psixik faollikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan hodisalarga tez munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o’zgartirishga intiluvchi, ko’ngilsizliklarni nisbatan engil o’tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo’lgan kishi sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg’uga ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo’lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.
Juda g’ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo’lgan, tez, qizg’in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o’zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.
Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko’ra):
kuchli, ehtirosli, behalovat – holerik;
kuchli, bosiq, epchil – sangvinik;
kuchli, bosiq, sust – flegmatik;
kuchsiz – melanxolik
Temperament turlarining tizimli tavsifi
Ichki xususiyat
|
Holerik
|
Sangvinik
|
Flegmatik
|
Melanxolik
|
xulqi
|
beqaror
|
barqaror
|
o’ta barqaror
|
juda beqaror
|
hissiyoti
|
kuchli, qisqa muddatli
|
yuzaki, qisqa muddatli
|
kuchsiz
|
chuqur va uzoq muddatli
|
kayfiyati
|
turg’un emas, yaxshi
|
turg’un, ko’tarinki ruhda
|
turg’un, doimo xursand va qayg’usiz
|
turg’un emas, pessimistik ruhda
|
nutqi
|
baland, keskin, bir xil emas
|
baland, jonli, bir xil sur’atda
|
ohista, bir ohangda
|
juda sekin
|
sabri
|
sust
|
boshqariladi
|
juda kuchli
|
besabr
|
moslashish qobiliyati
|
oson
|
juda oson
|
sekinlik bilan
|
juda qiyin
|
muomalasi
|
yuqori
|
o’rtacha
|
past
|
juda past
|
o’zini tutishi
|
tajovuzkor
|
do’stona
|
bosiq
|
qiyinchilikdan qochadi
|
tanqidga munosabati
|
asabiy
|
bosiq
|
befarq
|
qabul qilmaydi
|
faoliyatga munosabati
|
qiziqqon, berilib ishlaydi
|
jonli, ko’p gapirib ishlaydi
|
betinim ishlaydi
|
vaziyatga qarab turlicha, reaktiv
|
yangilikka munosabati
|
ijobiy
|
befarq
|
salbiy
|
manfaatli
|
xavfga munosabati
|
jangovar, tavakkaliga
|
yaxshi tayyorgarlikdan so’ng tavakkalsiz
|
sovuqqon, o’zidan chiqishi qiyin
|
xavotirli,o’zini yo’qotib qo’yadi
|
maqsadga intilish
|
kuchli, bor imkoniyatini ishga soladi
|
tez etishish, to’siqlarni aylanib o’tish
|
qat’iyat bilan, shoshmasdan
|
to’siqlardan qochish orqali tez yoki sust
|
imkoniyatni baholashi
|
juda ortiqcha
|
bir muncha
|
real baho
|
hisoblay olmaydi
|
ta’sirga berilish
|
past
|
biroz mavjud
|
kuchsiz
|
juda kuchli
|
|
| |