Xarakter va irodaviy sifatlar




Download 0,55 Mb.
bet59/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

8.3. Xarakter va irodaviy sifatlar

Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyati bo’lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.


Shaxs ba’zida o’z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan xavfsirab, o’z yutuqlarini qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun fojia emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo’l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyat- sizlikdan cho’chiydilar, o’ta ehtiyotkor bo’ladilar, qiyinchilikdan qo’rqib, engil ishga qo’l urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterni quyidagi to’rt tizimga ajratish qabul qilingan:
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
Shaxsning o’ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag’rurlik, takabburlik, dimog’dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Xarakter va kishining tashqi ko’rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo’lgan. Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko’rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni o’rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so’ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniki singari yo’g’on burun ish yoqmaslikni bildiradi.

Download 0,55 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Download 0,55 Mb.