|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 67/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Ko’nikma ‒ shunday aqliy hamda jismoniy harakatlar, usullar va yo’l - yo’riqlardan iboratdirki, bular yordami bilan qandaydir maqsadga erishiladi yoki ayni bir faoliyat amalga oshiriladi. Masalan, dastgohni ishlashga sozlash, detalni to’g’ri o’rnatish, detal qismlarini o’lchashda maxsus mehnat qurollaridan to’g’ri foydalanish.
Ko’nikmalarni bilim bilan aralashtirish yaramaydi. Albatta, har qanday ko’nikma bilim bo’lishini taqozo etadi. Lekin bilimning ko’nikma bilan bog’liq bo’lishi shart emas. Masalan, ishlab chiqarish sohasi tarixi, detal qanday kim’yoviy unsurlardan tashkil topgani haqida, yoki bu detallardan yig’ilgan mexanizmlar qaysi bozorlarda sotilishi va shu kabi ma’lumotlar bo’yicha bilimlar shular jumlasidandir.
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdi-ki, bilimlar, asosan, voqelik to’g’ri aks ettiriladigan hukm va mulohazalarda ifodalanadi.
Ko’nikmalar esa, ko’proq aqliy yoki jismoniy harakatlarda ifodalanadi. Ko’nikmalar oldindan belgilangan maqsadga mos bo’lishi lozim. Har qanday ko’nikma (dastgohni ishlashga sozlash, detalni to’g’ri o’rnatish va h.k.), albatta, ayrim harakatlarning to’la va aniq bo’lishini talab etadi. Dastgohni ishlashga tayyorlashda bajariladigan harakatlar ketma-ketligini chalkashtirish, kerak emas tugmachalarni bosib yuborish, yoki detal tayyor bo’lgach, sopi aylanishida biron nuqsonlarni seza olmaslik dastgohni to’g’ri ishlashini sozlay olmaslikdan dalolat beradi. Tayyorlanmoqchi bo’lgan detal o’lchami, tuzilishiga muvofiq keluvchi amallarni bajarish uchun dastgohni tayyorlay olmaslik, detalni dastgoh sopiga to’g’ri usulda hamda mahkam o’rnata olmaslik, detalni ishlashga tayyorlay olmaslikdan dalolat beradi. Bundan tashqari detalni ishlash paytida uni ko’z va maxsus mehnat qurollari bilan o’lchab, maqsadga mos yasalyaptimi yo’q-mi, nazorat qilib turish, dastgohning bir maromda ishlashi, detalni dastgohdan to’g’ri yechib olish, ish tugagach dastgohni to’g’ri o’chirish kabi xatti-harakatlarni bajarish kerak bo’ladi. Ushbu xatti-harakatlar bo’yicha shogirdlarda ko’nikmalar hosil bo’lishi uchun amaliy-o’qish davrida usta-murabbiy avvalo nazariy jihatdan bilim beradi ham amaliy jihatdan dastgohlarda bajarilishini ko’rsatib, so’ngra shogirdlarning o’zi qanday bajarayotganliklarini nazorat qiladi. SHu tariqa, ya’ni bilimlarga tayangan holda, qo’yilgan maqsadga muvofiq, o’zaro mos harakatlar bajarilishi shogirdlarda, dastgohni ishlashga sozlash, detalni to’g’ri o’rnatish kabi harakatlar bo’yicha ko’nikmalarni hosil bo’lishiga olib keladi.
Shunday hollar ham bo’ladiki, shogirdlar oldin tegishli bilimlarni o’zlashtirmasdan turib, berilgan nusxalarga taqlid qilish yo’li bilan ba’zi ko’nikmalar hosil qiladi. Lekin bunday holda ham ko’nikmalar har holda berilgan nusxani mustaqil kuzatish yo’li bilan olingan bilimga asoslanadi. Ammo bunday bilimlarning aniq bo’lmasligi tufayli ko’r-ko’rona taqlid qilish yo’li bilan orttirilgan ko’nikmalar yetarli darajada o’qib olinmagan va to’la takomillashmagan bo’ladi.
Ko’nikmalar murakkablik darajalari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Ko’nikma oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, dastgohni ishlashga sozlashning elementlaridan yoqish tugmasini bosish, detal o’lchamlariga moslashda qaysidir mayda, alohida xatti-harakatlar oddiy xatti-harakatlar bo’lsa, butun bir detalni ishlash, yasash murakkab ko’nikmadir.
Amaliy ta’lim olish davrida, mustaqil mehnat qilish davrida ana shunday murakkab ko’nikmalarning xili, turi ko’payishi esa, ushbu insonning faoliyatida malaka tarzida namoyon bo’la boshlaydi. Har qanday malaka ko’nikmadir, lekin har qanday ko’nikmani malaka deb bo’lmaydi. Faqat avtomatlashgan ko’nikmagina malaka deb ataladi. Malakalar, odatda, ongli faoliyatdan, ya’ni mehnat faoliyatidan ajralgan holda namoyon bo’lmaydi
|
| |