|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 75/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 12.4. Xatolarning turlari
I. Balint va M.Murani insonning xavf-xatarga moyilligi bo’yicha omillarni ikki guruhga ajratadilar ‒ vaqtinchalik va doimiy ‒ hamda shularga xos xatolar turlari.
Bulardan birinchisiga, nisbatan xavfsiz ishlarni bajarishda yuzaga kelgan xatolarni kiritish mumkin, bunda insonning o’zi o’zining noto’g’ri harakatlari bilan xavfli vaziyatni paydo qiladi (tokar ehtiyotlovchi kojux, ya’ni tokarlik dastgohini o’ratturuvchi qoplamaning yechilgan holida ishlashi yoki dastgoh o’chirilgach, hali aylanib turgan detalni qo’l bilan to’xtatish va hk.).
Ikkinchi turdagi xatolarga ‒ ishchi murakkab vazifani hal eta olmaganida paydo bo’luvchi xatolar kiradi ( vaqtida kerakli harakatni bajara olmadi, talab etiluvchi aniqlikka erisha olmadi va h.k.)
Turg’un omillarga:
• temperament va oliy nerv faoliyati xususiyatlari (nevrotizm, inertlik, kuchsizlik);
• tanadagi funksional o’zgarishlar (yurak-tomir xastaliklari, nerv tizimining funksiyalarini buzilishi va b.lar);
• sezgi a’zolarining kamchiliklari (ayniqsa, ko’rish va eshitish a’zolarining);
• sensor va motor jarayonlari o’rtasidagi bog’liqliklarning funksional buzilishlari;
• alkogol va narkotik moddalarga ruju qo’yish kabilar kiradi.
Vaqtinchalik omillarga ‒ tajribasizlik, ehtiyotsizlik, mehnat ko’nikmalarining turg’un emasligi, charchash (jismoniy, emotsional va b.), toliqib qolish, biologik ritmlarning, ob-havo va koinot hodisalarining ta’siri.
Bir qator tadqiqotchilar halokatlar ro’y berishiga, kasb bo’yicha ish stajining ta’siri kattaligi haqida ta’kidlab o’tishgan. Halokatlarning birinchi avjga chiqishi ‒ bu “mutaxassislik bo’yicha kasbiy faoliyatning boshi”da, ikkinchisi ‒ mehnat qilishning “besh yilidagi avjga chiqishi”da bo’lar ekan. 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan davr halokatlar sodir bo’lishiga unchalik ta’sir etmas ekan. Agar birinchi avjga chiqish ishchining bilimi yetishmasligi, uning tajribasizligi bilan belgilansa, ikkinchisi esa ‒ ishchining ehtiyotsizligi, e’tiborsizligi, bor bo’lgan himoya imkoniyatlaridan foydalanmasligidan sodir bo’ladi.
Ahamiyatga molik omil sifatida, tadqiqotchilar ko’pincha bioritmlar sabab bo’lishini aytadilar, ya’ni baxtsiz hodisalarning eng ko’pi tushlikdan oldin va smena tugashi vaqtiga hamda payshanba va juma kunlariga to’g’ri kelar ekan.
Ishlab chiqarish jarohatlanishlari omillari sifatida ko’pchilik tadqiqotchilar stress va avval boshdan o’tkazilgan xatarning ta’siri deb ta’kidlashmoqda. Ushbu omillarning 50-90 foizi ta’sirida, nevrozlar, fobiya va boshqa oqibatlarga olib keluvchi hodisalar sodir bo’ladi.
Xodimning ish bilan xaddan tashqari yuklanganligi ham jarohatlanishlarning omili bo’lib chiqmoqda. V.Dibshlagning fikriga (1974) ko’ra, ishchilarni ish bilan me’yorda ta’minlash va ularni ishlashga tayyorgarliklari maksimal darajada ish bilan yuklashga nisbatan 40-60 foizda, alohida vaziyatlarda esa ‒ qisqa muddatga, maksimal darajaga nisbatan 80 foizda bo’lishi mumkin. Qolgan 20 foizni zahira sifatida qoldirish lozim bo’lib, ushbu zahiradan faqatgina juda kerak bo’lganida foydalanish mumkin.
|
| |