13.2. Geymifikatsiya haqida
Bugungi kunda ta’lim sohasida keng qo‘llanib kelinayotgan raqamli texnologiyalardan biri – bu geymifikatsiyadir. Geymifikatsiya – bu ta’lim jarayoni ishtirokchilarini jarayonga ko‘proq jalb qilish uchun o‘yin usullarini o‘yindan tashqari jarayonlarga va hodisalarga moslashtirish texnologiyasi. Hozirgi kunda geymifikatsiya ko‘proq biznes va ishlab chiqarish sohalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Fikrimizcha, geymifikatsiya ta’lim jarayoniga tatbiq qilinganida eski rag‘batlantirish usullarining o‘rniga yangi motivatsiya berish usullariga ehtiyoj paydo bo‘lganligi bois, maqtovlar, mukofotlar, jazodan qo‘rqitish (semestr, yakuniy bahoni qo‘ymaslik kabi) usullari deyarli samarali emas. Ayniqsa, 18–24 yoshdagi talabalar uchun geymifikatsiya hayotiy tajribasida o‘rganilgan bo‘lib hisoblanadi. Pedagogika va psixologiya sohasida ham geymifikatsiyadan unumli foydalanish mumkin. Masalan, talabalar tasavvur qilinadigan “xodimlar”ni boshqarish, jamoada munosabatlarni o‘rnatish, mehnat samaradorligini oshirish – bularning barchasi geymlar asosida o‘tkazilsa, samarasi yuqori bo‘ladi. Didaktik o‘yin – bu talabalarning motivatsiyasini oshirish usullaridan biridir. Yangi mutaxassislarni yollash ham o‘yin sifatida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, “yangi boshlovchi” har xil geym darajalaridan o‘tadi, u kompaniya bilan tanishadi, intervyularga javob beradi, testlarni yechadi. Agar u eng yuqori darajadagi geymga yetsa, unda g‘alaba qozonish ehtimoli katta bo‘ladi. Mijozlarni saytda uzoqroq saqlash uchun ular qo‘shimcha faoliyat tamoyillaridan foydalanadilar. Masalan, 40 kredit tashkilotining veb-saytida foizlar, badallar va to‘lov shartlarini hisoblash uchun kalkulyator joylashtirilgan. Sohamizga oid amaliy bilimlarni “sike.ru” sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Ushbu saytda konchilik va geologiyaga oid geymifikatsiyalar o’rin olgan.
Geymifikatsiyani sohamizga tadbiq etib ko’ramiz. Sohaga doir asbob-uskuna, qurilma, texnologiyalar sun’iy ravishda hosil qilinadi. Ekrandagi protseslarni sichqoncha va klaviatura yoki shunga o’xshash boshqarish qurilmalari orqali harakatga keltiriladi. Ma’lum bir protseslar amalga oshiriladi.
|