|
Mehnatning xavfsizligiga erishish yo’llari
|
bet | 74/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 12.3. Mehnatning xavfsizligiga erishish yo’llari
Mehnatning xatarlilik darajasi, insonning individul zahiralarini sarflanishi imkoniyatlarini belgilovchi ‒ mehnat qilish rejimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Ye. A. Mileryan (1974) operator mehnatida to’rtta asosiy ish rejimini ajratgan:
1) o’quv-mashq rejimi, bunda mehnat vazifalari shartli ravishda hal qilinadi, ishchida haqqoniy mehnat sharoitlariga (masalan, trenajerda mashq qilayotgan haydovchi, operator, kursant) taalluqli javobgarlik hissi bo’lmaydi;
2) minimal rejim, bahosi yuqori bo’lmagan xatolar (keng yo’lda, yaxshi ob-havoda avtomobil haydash, tokar, frezer ishchisi tomonidan bir qancha standart ishlarni bajarish) bilan qulay shart-sharoitlarda ancha sodda ishlarni bajarish bilan bog’liq rejimdir;
3) muvofiq keluvchi rejim, bu mazkur mehnat turi uchun eng xos bo’lgan va katta davomiylik, ko’nikma va mahoratni keng qo’llanilishi, diqqat, fikrni bir yerga qarata olish kabi jarayonlar bilan ajralib turuvchi va natijada tana imkoniyatining 40-60 foizi sarf bo’ladigan rejimdir;
4) ekstremal rejim, vazifalarni bilinarli darajada murakkablashuvi, tashqi chegaralashlarni ko’payishi, jiddiy darajada ichki imkoniyatlarning kamayishi, xavf-xatarlar paydo bo’lishi, xatoning qimmatga tushishi va h.k.lar ta’sirida vujudga keladi. Inson yuqori irodaviy boshqaruvsiz va psixofiziologik zaxiralarni ishlatmay turib mehnat vazifalarini qoniqarli darajada bajara olmaydi (masalan, haydovchi yo’lda yurishi uchun murakkab bir vaziyat bo’lib turganida, kutilmaganda mashinaning yurish qismida nosozlik sodir bo’lishi yoki monotonlikni ta’siri bilan kurashish qiyin bo’lib qolganida).
Yuqorida ko’rsatilgan har bir rejimda o’ziga xos xatolar bor. Masalan, o’quvmashq rejimida xatolar motivatsiya, yetarli bo’lmagan hajmdagi bilim va ko’nikmalar bilan bog’liq. Odam xavfli (avariyaga olib keluvchi) vaziyatga tushar ekan, odatda ekstremal rejim bilan to’qnash keladi, bunday vaziyatdan muvaffaqiyatli chiqish esa asosan o’zining irodasini boshqara olish, emotsional barqarorlik, tajriba va ishchi ko’nikmalarining turg’unligi bilan bog’liq bo’ladi.
M. A. Kotikning ilmiy izlanishlarida tuzatuvchi statistik ma’lumotlar asosida, baxtsiz hodisalardan “a’lo himoyalangan” ishchi obrazi aniqlangan. U boshqa ishchilar bilan solishtirganda, o’zining yaxshi sog’lig’i bilan ajralib turadi, bunday odamlarga o’zining mehnatidan yuqori darajada mamnunlik xosdir.
Yaxshi mehnat sharoitlarini u ish haqi va boshqa qulayliklardan ko’ra yuqori qadrlaydi. Mehnat xavfsizligi bo’yicha tadbirlarga uning munosabati ancha yuqori bo’lgan holda, mehnatni tashkil etish va xavfsizlik xizmatining ishiga nisbatan tanqidiy munosabati kattadir.
“Yomon himoyalangan” ishchi obrazi esa, ko’p sonli jarohatlanishlar olish, tez-tez vujudga keluvchi xavfli vaziyatlar, “a’lo himoyalangan” obrazga nisbatan qarama-qarshi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bunday odamlarning sog’-salomatligi yaxshimas, ular boshqalarga nisbatan tezroq charchab qolishlari tufayli, ular ko’pincha charchagan holda ishlaydilar, qandaydir halokatga yo’liqmasdan ishlash uchun ham ular ko’proq zo’riqishga majbur bo’ladilar. Shikast, jarohat olishdan qo’rqish, ularga sifatli va xavfsiz ishlashga halaqit beradi. Bunday odamlar mehnat jarayonlarining buzilishiga, ish davomida paydo bo’luvchi qiyinchiliklarga, hamkasblar bilan shaxslararo munosabatlarning taranglashuvi hamda oilaviy noxushliklardan “yaxshi himoyalanganlarga nisbatan ko’proq va tezroq tashvishga tushadilar. Kayfiyatlari ham ko’pincha yomon bo’lish holati, o’z natijasida mehnat xavfsizligiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jamoaviy mehnatda, ular boshqalarni jarohatlab qo’ymaslik haqida unchalik g’am ham chekishmaydi. Odatda, ular boshqalarga nisbatan ko’proq ish joylarni o’zgartirgan bo’ladi va boshqalardan ko’proq boshqa brigadaga o’tishni istaydilar. Mehnat xavfsizligiga tegishli savollarga bergan javoblaridagi katta qarama-qarshilik ham, ularni “a’lo himoyalanganlar” ning javoblaridan farq qilib ajratadi.
Tadqiqotchilar tomonidan, shuningdek, “tayyorgarliklari yaxshi bo’lmagani sababli yomon himoyalangan” shaxslar guruhi ham ajratildi. Ushbu guruhning tavsifi quyidagicha: ishchilarning yoshligi, ularning salomatligi yaxshi, bilim darajasi yuqori. Ular katta bo’lmagan mehnat stajiga, kam amaliy tajriba va xavfsizlik texnikasi bo’yicha past bilimlarga egadirlar. Qolgan ko’rsatkichlar bo’yicha ular “yomon himoyalangan” guruhdagi ishchilardan ko’p ham farqlari yo’q.
Tadqiqotlar natijalari yana shuni ko’rsatdi-ki, rasmiy bo’lmagan liderlarda, “himoyalangan” va “yomon himoyalangan” ishchilarga nisbatan bilinarli darajada baxtsiz hodisalar soni kam bo’lar ekan.
|
| |