|
-MAVZU. MEHNAT FAOLIYATIDA SENSOMOTORIK TALABLAR
|
bet | 77/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 13-MAVZU. MEHNAT FAOLIYATIDA SENSOMOTORIK TALABLAR
Reja:
13.1. Sensomotorika haqida
13.2. Geymifikatsiya haqida
13.3. Striming haqida
13.4. VR, AR haqida
13.1. Sensomotorika haqida
Sensomotorika – insonning sezuvchanligi va mehnat yoki ish faoliyatidagi obyektni idrok etish, sezish, his qilish, fikr qilish hisoblanadi. Sensomotrikani rivojlantirish orqali, insonning ma’lum bir ishni qila olishlik qobiliyati ortib boradi.
Sensomotorikaning oliy ko’rinishi, mehnat faoliyatida ishni amalga oshirish, keyingisi kichik hajmdagi proyektlarda ishlash, keyingisi sun’iy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Ko’pgina ish muassasalari tajriba, ko’nikma, ish staji bor yoki yo’qligini so’rashadi. Agar ishchi ushbu fazilatini rivojlantirgan yoki ustida ishlagan bo’lsa qabul qilinadi, ushbu darsimizga oid amaliy ishlardan biri. Sensomotorikani rivojlantirishning ikki xil yo’li mavjud: 1) ish faoliyatidagi aloqador bo’lgan harakatlarni muntazam bajarib borish orqali, 2) zamonaviy texnologiyalar orqali ish faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri sun’iy bajarish. Birinchi guruhni soha bilan bog’laydigan bo’lsak, universitetlarda labaratoriya va amaliyot xonalarining tashkil etilishi bunga misol bo’la oladi. Talaba ushbu xonalarda sohaga oid materiallarni ko’zdan kechiradi, ushlab ko’radi, ishlab ko’radi. Talabada mehnat faoliyatidan avval tushuncha hosil bo’ladi. Qilingan misolning amaliy tadbiqlarini ko’rib o’tsak, a) Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Mexanika” fakulteti “Payvandchilik” kafedrasida sohaga oid zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan xona mavjud. Ushbu xonada talabalar zavod-fabrikalardagi kabi katta hajmdagi mehnat faoliyatini olib borisha olmaydi, aksincha kichik hajmli ishlarni bajarishlari mumkin. Ushbu amaliyotlar orqali talabada sensomotorika rivojlanadi. B) shaxsan Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Texnopark”. Ushbu maskanda talabalar zavod-fabrikalarda ishlatiladigan texnologiyalar ustida amaliy suratda ish olib borish imkoniga ega bo’ldilar. Texnika Universiteti talabalari uchun bu katta imkoniyat. c) “Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya” fakulteti, “Konchilik elektro mexanikasi” kafedrasidagi sohaga oid texnologiyalar joylashgan xona. Ushbu xonada umumiy sohaga oid transport va turg’un mashinalar mavjud. Talaba shu orqali sensomotorikani qisman bo’lsa ham rivojlantira olish imkoniga ega. Kasb borki, sensomotorika bor. Hozirda ofis, zavod, fabrikalarda yangi texnika-texnologiyalarga ko’nikish, uni ishlatish bo’yicha korxonalar o’z ishchilarini chet-el korxonalariga jo’natishmoqda. Ishchi ma’lum bir qisqa muddatda umumiy tushunchalarni hosil qilib qaytib keladi va bu yerda amalga tadbiq etadi. Geologiya va kon sohalarida Rossiya, AQSh, Kanada kabi yirik davlatlarda amaliyot o’tashadi, malaka oshirishadi. Bularning barchasi birinchi guruhga oid tushunchalar. Ikkinchi guruh sun’iy tasvir orqali sensomotorika rivojlantiriladi. Ushbu guruh zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita bog’liq. Kompyuter ilmlarining (computer sciences, formal sciences) rivojlanishi, ushbu guruhning rivojlanishiga to’g’ri proporsional. Kelgusi uchta rejada ushbu guruh haqida so’z yuritamiz.
|
| |