• 12.1.Xavfsizlik psixologiyasi sohasining vazifalari, ob’ekti, predmeti va asosiy tushunchalari
  • -MAVZU. MEHNAT SIFATI VA UNI TA’MINLASHNING PSIXOTEXNOLOGIK MASALALARI




    Download 0,55 Mb.
    bet71/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    12-MAVZU. MEHNAT SIFATI VA UNI TA’MINLASHNING PSIXOTEXNOLOGIK MASALALARI
    Reja
    12.1. Xavfsizlik psixologiyasi sohasining vazifalari, ob’ekti, predmeti va
    asosiy tushunchalari.
    12.2. Avariya sabablarini aniqlash metodlari.
    12.3. Mehnatning xavfsizligiga erishish yo’llari.
    12.4. Xatolarning turlari.
    12.5. Mehnat xavfsizligiga erishish yo’llari.


    12.1.Xavfsizlik psixologiyasi sohasining vazifalari, ob’ekti, predmeti va
    asosiy tushunchalari
    Insonning mehnat jarayoni afsuski kutilmagan tasodiflarsiz, favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshavermaydi. Afsuski, shaxsiy va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ish joyiga tashrif buyurgan ishchi yoki xodimlar har xil sabablarga ko’ra, ish vaqtida baxtsiz hodisalar ro’y berib turadi. Bunday baxtsiz hodisalar nafaqat korxonaga moliyaviy jihatdan zarar keltiradi, eng yomoni insonlar sog’lig’iga, hatto hayotiga ham havf soladi. Olimlar tomonidan mehnat sharoiti chuqur o’rganila boshladi. Buning natijasida mehnat sharoitini tashkil etishda qanday tayyorgarlik, xavfsizlik hamda mehnat unumdorligini oshiruvchi choralar ko’rilishi kerakli ekanligiga doir ko’plab qonun qoidalar tajriba usuli va tabiiy usulda ishlab chiqildi. Ana shu qonun-qoidalar ichida mehnat jarayonida xavfli holatlarni yuzaga keltiruvchi sabablarni ham aniqlashtirildi, olingan faktlar tahlil etildi, ulardan qonuniyatlar topildi va bu hodisalarni oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko’rilishi kerakligi xulosa sifatida ishlab chiqildi. To’g’ri ushbu chora tadbirlar barcha kutilmagan favqulotda vaziyatlarni qamrab ololmaydi, ammo ushbu yo’nalishdagi izlanishlar besamara deb ham bo’lmaydi.
    Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda yangi texnika va texnologiyalarning joriy etilishi, ishlab chiqarishga oid jarohatlanish holatlarining keskin ko’payib ketishi, hamda keyinchalik ham, bunday noxush holat bir maromda davom etishi kuzatilgan.
    Ishlab chiqarishning ko’p sohalarida, asosan energetika, transport, ayniqsa aviatsiyada yangi texnikani ishlatishda avariya holatlari ko’rsatkichlari o’zgarmas holda baland bo’lib, “xatolar bahosi” esa doimo o’sib borardi. O’tgan asrning, 1960 yillari boshida “inson faktori” fenomeniga diqqatning qaratilishi hamda uni “inson‒texnika” tizimida ahamiyatini tan olinishi, yangi ilmiy fanlar ‒ muhandislik psixologiyasi, kognitiv psixologiya, ergonomika, xavfsizlik psixologiyasi kabi fanlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
    Xavfsizlik psixologiyasi ‒ kasbiy faoliyatda ro’y beruvchi baxtsiz hodisalarning psixologik sabablarini hamda uning xavfsizligini oshiruvchi yo’llarini o’rganuvchi, psixologiyaning sohasi va ergonomikaning jabhasidir.
    Xavfsizlik psixologiyasining tadqiqot ob’ekti ‒ bu xavf-xatar bilan bog’liq bo’lgan kasbiy faoliyatning har xil turlaridir; predmeti esa ‒ mehnat sub’ekti sifatida insonning xavfsizligi bilan bog’liq yoki faoliyat orqali vujudga keluvchi va unga ta’sir etuvchi, ruhiy jarayonlar, holat va xususiyatlaridir.
    Xavfsizlik psixologiyasi bevosita bir tomondan mehnat faoliyatining vazifalarini muvofiqlashtirishga, ikkinchi tomondan esa ‒ xavfsizlik darajasi iloji boricha kamaytirilgan texnika, mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasiga mos keluvchi ehtiyot chora va vositalarini ishlab chiqish uchun, psixologiya va ergonomikaning sohalari sifatida ishlatiladi.
    Xavfsizlik psixologiyasi faniga taalluqli bo’lgan asosiy ishchi tushunchalarni ajratamiz. Ishlab chiqarishning turli shart-sharoitlari ichida, mehnat faoliyati davomida ishchiga ta’siri oqibatida jarohatlarga, keyinchalik kasbiy kasallikka ham olib keluvchi ishlab chiqarishga oid xavfli omillar ajratib ko’rsatiladi.
    Ishlab chiqarishga oid xavfli omillar quyidagi 2 turdagi, ya’ni:
    1) oshkora omillar ‒ ochiq-oydin xavf bilan bog’liq bo’lgan, hamda bularni bartaraf etish uchun shunga muvofiq, mos chora-tadbirlar zarur bo’ladi;
    2) yashirin omillar ‒ insonning qonun-qoidalarga xilof ish tutganida yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan omillardan tashkil topgan.
    ◼ Ishlab chiqarishga oid xavf deganda, ishlayotgan odamga xavfli va zarar omillarni ta’sir etish xavfining turli xillari nazarda tutilsa, ishlab chiqarish zararliligi deganda esa ‒ zararli omillarning ta’siri nazarda tutiladi. Ushbu tushunchalarning mohiyati quyidagichadir:
    ◼ Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki sog’liqning keskin yomonlashuviga ta’sir etadigan omil. Bunga misol qilib, harakatlanayotgan mashina, traktor, yuk ko’tarish vositalari bilan ko’tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muxofazalanmagan aylanuvchan va qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi qismlari (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatma) ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
    ◼ Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib, kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga, tananing ayrim a’zolarining yoki bir guruh mushaklarning uzoq vaqt majburan zo’riqishiga olib keladigan omil. Zararli omillarga neft mahsulotlari (sex havosiga tarqalib ketgan zararli moddalar: benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar, mineral o’g’itlarning ta’siri, yoqimsiz meteorologik sharoitlar, me’yordan yuqori shovqin, chang, titrash, 113 ish joyida namlikning ortib ketganligi yoki kuchli yoritilganligi va boshqa zararli ish sharoitlari kiradi.
    Bulardan tashqari, mehnat psixologiyasida quyidagi holatlar bo’yicha tushunchalarga ham alohida e’tibor beriladi:
    ◼ Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektro-magnit maydonining zararli hamda xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.
    ◼ Shikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida inson a’zolari yoki teri qoplamining fiziologik bir butunligining buzilishi.
    ◼ Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
    ◼ Shaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. SHaxsiy himoyalanish vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gazniqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko’zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
    ◼ Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
    ◼ Kasb kasalliklar – bular ishlovchi uchun zararli ish sharoitlarining ta’siri natijasida hosil bo’luvchi kasalliklardir. Masalan, surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy gazlar bilan zaharlanish kasalliklari. Yengil sanoat korxonalariga taalluqli kasbiy kasalliklarga esa silikoz, pnevmokonioz, teri kasalliklari va shularga o’xshashlar kiradi.
    ◼ Baxtsiz hodisa ‒ bu insonga ishlab chiqarishga oid xavfli omilning ta’siri natijasida, yoki o’zining xavfli tutishi natijasida, kutilmaganda beixtiyor inson tanasining shikastlanishi (normal holda faoliyat yuritishga monelik qiluvchi)dir.
    Odatda, baxtsiz hodisaga xavfli vaziyat yuz berib, bunda odamda bo’layotgan voqeani anglash va shunga yarasha to’g’ri harakat qilishiga imkon bo’ladi. Shunga bog’liq ravishda, xavfli zonani, ya’ni ‒ turg’un hamda joyini o’zgartiruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan jismoniy makon chegaralari (masalan, yuk ko’targichning o’qi, yuki va h.k.), omilning shiddatliligi, ta’sirning vaqti bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bir maydon, joylar belgilanadi.
    Baxtsiz hodisa, bu ko’pincha inson xavfli zonada bo’lgan vaqtida, mehnat jarayonini qandaydir buzilishi va ayrim vaziyatlarni bir-biriga to’g’ri kelib qolishi natijasidir.
    Falokat, fojia ‒ texnika ishlashining buzilishi natijasida baxtsiz hodisalarga va kamida bitta odamning halokatiga olib keluvchi hodisadir.



    Download 0,55 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. MEHNAT SIFATI VA UNI TA’MINLASHNING PSIXOTEXNOLOGIK MASALALARI

    Download 0,55 Mb.