Avariya sabablarini aniqlash metodlari




Download 0,55 Mb.
bet72/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

12.2. Avariya sabablarini aniqlash metodlari

Baxtsiz hodisa “xavfli vaziyat”, “texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi” va “bilvosita vaziyatlar”ning natijasidir. Masalan, yo’l-transport hodisasi, odatda quvib o’tish bilan o’zgacha ob-havo sharoiti, sutka vaqti, to’g’ridan kelayotgan transportga nisbatan o’ziga xos manevr qila olish bilan bog’liq bo’ladi.


I. A.Xolodnaya (1932) temir yo’l transportlarida bo’ladigan baxtsiz hodisalarning qaytalanish ko’rsatkichi (chastotasi)ga ba’zi ijtimoiy sifatlarning ta’sirini ajratib ko’rsatgan. Ularga:
‒ ko’p yillik mehnat qilish jarayonida, xodimlarning o’zaro bir-biriga ishonchi rivojlanishi natijasida, o’zaro nazorat qilishning pasayib ketishi;
‒ poezd brigadasidagi bitta a’zo xulq-atvorini brigadaning boshqa a’zolarga ta’sir etishi;
‒ bir vaqtning o’zida har xil vazifalarni yuklanishi.
Baxtsiz hodisalarning sabablarini tahlil qilishda, uchta yondashishni ajratish mumkin: klinik (monografik), statistik va modellashtirilgan. Odamning noto’g’ri xatti-harakatlariga sabab bo’luvchi, ichki va tashqi muhitlarni har tomonlama o’rganish, biografiyani o’rganish, hujjatlarni o’rganishni reja asosida olib borish, monografik yondashish xulosalarining ishonchliligini oshiradi. G. M. Zarakovskiy va V. I. Medvedev, besh bosqichdan iborat operator xatolarini tahlil qilish rejasini taklif etdilar:
1) faoliyat strukturasida xatolar o’rni;
2) xatolarni tashqi namoyon bo’lishi;
3) oqibatlar;
4) operator ongida xatolarni namoyon bo’lishining xususiyati;
5) xato sababi.
Baxtsiz hodisalar odatda bitta emas, balki bir qator sabablarning oqibatida sodir bo’ladi. Amaliyotdan misol:”... aylanuvchi arrada ishlash vaqtida og’ir baxtsiz hodisa sodir bo’ldi, natijada duradgorning chap qo’lidagi uch barmog’ini amputatsiya qilishga to’g’ri keldi... SHu narsa aniqlandiki, ishchi bir kun avval kun va tun bo’yi to’yda bo’lgan, bedorlik va mast holda o’tgan kechadan so’ng ishga kelgan. Jarohatlanuvchining biografiyasi bilan tanishib chiqilganda shuni ko’rsatdiki, u maxsus bilim olgani va uch yillik stajga ega bo’lgan. Ammo... kasb-hunar kollejini tugatganidan so’ng, duradgor bo’lib atigi uch oy ishlagach, armiyaga xizmat qilishga ketgan. U yerdan ikki yildan so’ng qaytib, shu voqea sodir bo’lguniga qadar, kasbi bo’yicha ishlashni boshlaganiga bir necha oy bo’lgan. ...Ishchi chapaqay ekan. Uskuna o’ng qo’llilarga mos ishlangan. ...Agar normal holatda, kuchsiz mehnat ko’nikmalari bilan ham diqqat, ehtiyotkorlik hisobiga samarali va xavfsiz ishlay olishi ham mumkin bo’lsa-da, lekin bedor tundan so’ng va mast holda ishlash, bu kishi uchun bajarib bo’lmaydigan vazifa bo’lgan”.
Muammoni o’rganishda statistik yondashish standartlashtirilgan “o’zgaruvchilar”‒ baxtsiz hodisalar bilan bog’liq bo’lgan, tavsifnomalarning chegaralangan miqdorini tahlil qilishni nazarda tutiladi. Metodning samaradorligi, barcha o’rganilayotgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlarning statistik massivining hajmiga tayanadi.
Statistik yondashishning asosiy ustun tomoni ‒ klinik metodlar bajara olmaydigan, prognozlashga qodirligidir.
Inson xatti-harakatlarini, faoliyatning xavfsizligini, tizimlarning ishonchliligini modellashtirish ‒ vazifalarni bayon etish uchun mavhum timsollar, matematik tenglamalarni ishlatilishini mo’ljallaydi. Ba’zi modellarda kuzatishlar yordamida xavfli sinaladigan harakatlarni ajratib olinadi; ishchilar faoliyatida ushbu harakatlarning o’rtacha solishtirma og’irligi, xavfli xatti-harakat qiluvchi ishchilar foizi va h.k.lar aniqlanadi. Boshqalarida ‒ uskunalarni, ularni har xil rejimlarda ishlatilishi kuzatuvlar olib boriladi. Olingan ma’lumotlar asosida, asosiy vazifalarga muvofiq holda matematik modellar quriladi. Masalan, qurilishda baxtsiz hodisalar tashkilotdagi mehnat shart-sharoitlar (bajarilgan ishlar hajmi, xodimlar yoshi, bitta ishchining bajargan ishi, xodimlarning qo’nimsizligi, ish haqi va h.k.lar) qatoridan chiziqli funksiyalar ko’rinishida bayon etilishi mumkin. Bundan tashqari, shaxtadagi baxtsiz hodisalar ‒ alohida hodisalarning bir qancha o’nlab ehtimollarining vazifasi (shaxta jinslarini qulashi ehtimoli, odamni xavfli zonada bo’lishi ehtimoli, jinslarning osilib qolishining hosil bo’lishi ehtimoli va h.k.).
Modellashtirish metodining ustun tomoni ‒ bu ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’rganish, prognozlashtirish hamda ogohlantirishdir. Hisoblash texnikasi va matematik statistikaning rivojlanishi modellashtirishning imkoniyatlarini doimo kengaytirmoqda.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilinganida, baxtsiz hodisalarning statistik taqsimlanishi “V. Poreto tamoyili”ga bo’ysunishini ko’rish mumkin. Ushbu tamoyilga ko’ra, baxtsiz hodisalarning eng katta qismi tashkilot xodimlarining 20 foiziga to’g’ri kelar ekan.
Lekin baxtsiz hodisalar tufayli insonlar nafaqat jismoniy jarohat, balki ruhiy ta’sir ham oladilar.
Odatda, ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxs xususiyatlariga, xatti-harakatlariga bog’liq) shart-sharoitlardagi o’zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy asab tizimining ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida mehnat (ushbu holat faoliyatning barcha turlarida hamda xulq va muomalada ham shundek tarzda aks etadi) qilish jarayonida amalga oshiriluvchi odatiy sa’y-harakatlar, operatsiyalar, maromlar buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og’ishlik, noxush kechinmalar yetakchilik qiladi.
Xavfli vaziyatlarda xodimning nomaqbul harakatlarning asosiy sabablari ko’pincha mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, ishchilarning sog’lig’ining yomonlashuvi, ishlab chiqarish muhitining nomaqbul tashkil etilganligi bo’ladi.
Yuqorida xavfli vaziyatni paydo bo’lishi bo’yicha ko’rsatilgan sabablar sub’ektiv sabablar hisoblansa, tashqi tabiiy sabablar ob’ektiv sabablarga kiritiladi.
Subyektiv sabablar asosan sub’ektning o’ziga ko’proq ziyon keltirsa, tashqi tabiiy sabablar esa, ommaviy zarar yetkazishi ehtimoli yuqori bo’ladi. Ana shunday ommaviy zarar keltiruvchi ofatlar qatoriga, korxonalarda bo’lib turadigan avariya holatlari, yong’in chiqishi, nurlanish, toksik modda bug’laridan zaharlanish, kislota yoki issiq suyuqliklardan kuyish, elektr toki urishi, tayanch vositalarini biror sabablarga ko’ra sinib yo uzilib ketishi tufayli, yuqoridan yiqilish kabi baxtsiz hodisalar sababli, bir vaqtning o’zida ko’pchilik ishchi va xodimlarning ko’plab tana jarohatlarini olishlari kuzatilgan.
Jarohat - tana a’zolarini va to’qimalarni kutilmagan holatda tashqi ta’sir ostida shikastlanishidir. Jarohatlar ikki turli bo’ladi: bular
1. Ishlab chiqarish jarohatlari;
2. Maishiy jarohatlar.

Download 0,55 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avariya sabablarini aniqlash metodlari

Download 0,55 Mb.