Harakatlarning avtomatlashtirilishi va malakalar shakllanishi. Mashqlar




Download 0,55 Mb.
bet68/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

7.4. Harakatlarning avtomatlashtirilishi va malakalar shakllanishi. Mashqlar
Malakalar ‒ biron ish-harakatning mustahkamlangan va avtomatlashgan yo’l va usullari bo’lib, bu yo’l va usullar, odatda, murakkab ongli faoliyatni bajarishda qo’llanadi. Kishining har qanday ongli faoliyati bir butun malakalar tizimi yordami bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, malakalar xatti-harakatning avtomatlashish darajasi jihatidan ham o’zaro farqlanadi.
Malakalar maxsus zo’r berishsiz hamda ongli harakatlarga nisbatan tez sodir bo’lishi tufayli, faoliyatning ayrim turlari va murakkab ko’nikmalarning amalga oshirilishini yengillashtiradi.
Ammo avtomatlashgan harakatlar bo’lgan malakalarni ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardan batamom ajratib tashlash yaramaydi. Har bir malaka muayyan bir sharoitdagi faoliyat jarayonida ongli harakatga aylanishi mumkin. Aksincha, juda ko’p ongli harakatlar faoliyat jarayonida malakaga aylanib qolishi ham mumkin. Hosil qilingan malakalardan ratsional foydalanilsa, ular yanada ortiqroq takomillashgan, ongli ijodiy faoliyat uchun asos va sharoit bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Odatda, harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda-chuyda qismlarga nisbatan e’tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida, maqsadga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni ijro etish va boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa’y-harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi.
Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob’ektni almashtiradi. Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, natijalarni nazorat qilishni, uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi.
Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir:
1. Sa’y-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi;
2. Harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o’zgaradi;
3. Harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgaradi.
Yuqorida sanab o’tilgan o’zgarishlarga misollarda kengroq tushuncha beramiz.

Download 0,55 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakatlarning avtomatlashtirilishi va malakalar shakllanishi. Mashqlar

Download 0,55 Mb.