Tuzatuvchi xatti-harakatlar




Download 0,55 Mb.
bet65/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

Tuzatuvchi xatti-harakatlar ― mehnat harakatlarini bajarilishini uzluksiz ravishda nazorat qilib va uning natijalari harakatning pirovard maqsadi bilan taqqoslangan holda to’g’rilab (korrektirovka qilib) boriladi.
Masalan, ana shunday nazorat va korrektirovka qilish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagan shogirdlarda, mahsulot tayyorlashda ancha xatoliklarga yo’l qo’yadilar, yoki ishchi bemor bo’lib qolishi, diqqati chalg’ishi, qandaydir emotsional zo’riqish kabi holatlarda malakasi yuqori bo’lsa-da, biror soniya nazoratni bo’shashtirib qo’yishi tufayli mahsulotni nuqsonli qilib qo’yishi, yoki o’zi shikastlanib qolishi ham mumkin.
Harakat qay yo’sinda nazorat qilib boriladi? Bu o’rinda hali ko’p narsa aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, mushaklar sezgisi) vositasidagina ro’y berishi mumkin.
Ashyoviy (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning bajarilishi ma’lum bir tizimga oid sa’i-harakatlarni amalga oshirish bilangina cheklanmaydi. U muqarrar ravishda sa’i-harakatlarning joriy natijalari va harakatlar ob’ektining xususiyatlariga muvofiq tarzda sa’i-harakatlarni sensor (hissiy) nazorat va korrektirovka qilishni o’z ichiga oladi. Miyaga tashqi muhitning holati, unda sa’i-harakatlar qanday ro’y berayotgani va uning natijalari haqidagi axborotni yetkazib turadigan hissiy oriyentirlarini o’zlashtirish ana shu jarayonning negizi hisoblanadi. Chunonchi, temirchi temirning qizdirilishi darajasini uning rangiga qarab chamalab ko’rib, bolg’ani urish kuchini shunga moslashtiradi. Duradgor randani bosish kuchini va sa’i-harakat tezligini yog’ochning qarshiligini o’zgaruvchan mushaklar sezgisi orqali moslashtiradi. Shofer mashinani to’xtatarkan, tormoz tepkisini bosish kuchini mashinaning harakati tezligi, yo’lning holati, mashinaning vazni va shu kabilar bilan uyg’unlashtiradi.
Ko’rib turganimizdek, ushbu barcha mo’ljallar sa’i-harakatlarni alohida o’zicha emas, balki harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi, boshqariladi va yo’naltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko’rsatilgan ― 4 guruhga umumlashtirilgan xatti-harakatlar (ya’ni, mo’ljallovchi, bajaruvchi, tuzatuvchi va tugallovchi xatti-harakatlar), har bir kasb uchun xos bo’lgan farqlovchi har xil mayda (mikro) xatti-harakatlar majmuasidan tashkil topadi. O’z kasbida professional darajaga ko’tarilishni maqsad qilgan har bir ishchi-xodim, ana shu komponentlardan qanchalik xabardor bo’lsa, shunchalik tez unda adaptatsiya, mavqega ko’tarilish, kasbiy qobiliyatliligini oshirish kabilarga imkoni bo’ladi. Shuning uchun mehnat va kasb psixologiyasi sohasida ilmiy ish qilgan olimlar tomonidan turli kasblar uchun, ularga muvofiq keluvchi xatti-harakatlar guruhini tadqiqotlar natijalariga ko’ra tuzganlar.
Masalan, K.K.Platonovning taklifiga ko’ra, operatorlik kasbini egallagan odamning mehnatiga oid harakatlarining psixologik tahlilida, xatti-harakatlar quyidagi guruhlarga ajratib olinadi:
1) asosiy xatti-harakatlar (eng qulay sharoitlarda faoliyat maqsadlariga erishish uchun minimal darajadagi zarur xatti-harakatlar);
2) tuzatuvchi xatti-harakatlar (mehnat qilishga muvofiq sharoitlardan og’ish hollarida asosiy aniqlashtiruvchi xatti-harakatlar);
3) qo’shimcha xatti-harakatlar (noishlab chiqarish omillarining ta’sir qilganida zarur xatti-harakatlar);
4) avariya holatida bajariluvchi xatti-harakatlar (avariya holatlarini bartaraf etishda zarur va o’z ahamiyatiga ko’ra alohida guruhlarga ajratiladigan xatti-harakatlar);
5) ortiqcha xatti-harakatlar (1‒4 guruh harakatlariga kerak bo’lmagan va halaqit beruvchi xatti-harakatlar);
6) xato xatti-harakatlar (1‒4 guruh xatti-harakatlarini o’rnini bosuvchi, ammo maqsadga erishmaydigan xatti-harakatlar)



Download 0,55 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Download 0,55 Mb.