• Amaliy mo’ljallovchi harakatlar
  • Nazariy mo’ljallovchi harakat




    Download 0,55 Mb.
    bet64/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Nazariy mo’ljallovchi harakat deganda, biror ishni bajarish maqsadida, mazkur ish bo’yicha uning maqsadi, qanday qismlardan tashkil topishi, boshlanishi, davom etishi, tugallanishini nazariy jihatdan ishlab chiqish tushuniladi. Bunday rejalashtirishning kamchilik tomoni shunda-ki, nazariy jihatdan yozib chiqqanda amaliyotda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan qaysidir momentlar nazardan chetda qolishi mumkin. Ana shunday kamchilikni oldini olish maqsadida amaliy mo’ljallovchi harakatlar kerak bo’ladi.
    Amaliy mo’ljallovchi harakatlar deganda, nazariy jihatdan ishlab chiqilgan harakatlar majmuasini amaliy jihatdan yoritish tushuniladi. Ana shu maqsadda tajriba usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tajriba davomida ishning maqsadga ko’ra bajarilish xatti-harakatlarini qayd qilish, kerak bo’lsa qayta-qayta sinab ko’rish, har xil sharoitlarni sun’iy yaratib favqulotda ro’y berishi mumkin bo’lgan vaziyatlar bo’yicha oldindan taxminiy tayyorgarlik ko’rish imkoni bo’ladi.
    Mehnat psixologiyasida mo’ljallovchi (oldindan rejalashtirish, taxminiy) harakatlar maqsaddagi ish insonning psixikasiga qanday ta’sir etishi bo’yicha taxminiy bo’lsada ma’lumotlarga ega bo’lishga yordam beradi.
    Vaqt shuni ko’rsatdi-ki, o’ta murakkab, kutilmagan vaziyatlarga boy va ma’suliyatli kasblarda yillar davomida mo’ljallovchi harakatlar bo’yicha tajribalar, sinovlar o’tkazilishining natijasida ko’plab insonlarning sog’lig’i, hayoti saqlanib qolingan. Masalan, uchuvchi, kosmonavt, poezd yo avtobus haydovchisi, quruvchi, muhandis yoki konveyerda ishlovchilarning faoliyatlari davomida yo’l qo’yilgan bitta xatosi qanday fojialarga sabab bo’lishi mumkinligini aytishga hojat yo’q, deb o’ylaymiz.
    Yangicha faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir odam, ayniqsa faoliyatida o’zining va o’zgalarning hayotiga havf tug’dirishi holati paydo bo’lishi mumkin bo’lgan kasb bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlar uchun, ularni ishga qo’yishdan avval maxsus kasbiy o’qishlar, maxsus ko’rsatmalar bilan tanishtirish, kasb ustalariga shogirdlikka berish ishlari tashkil etiladi. Ishga kirish vaqtida mazkur kasbga zarur talablar ishlab chiqilgan. Bunday talablarga binoan ishga joylashmoqchi bo’lganlar nafaqat kasb bo’yicha bilimga, balki tibbiy ko’rikdan o’tishlari, psixologik va kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari nazarda tutiladi. Bundan tashqari murakkab va ma’suliyati yuqori bo’lgan kasb egalari faoliyatlari davomida ham belgilangan vaqtda har xil soha mutaxassislari tomonidan muntazam tekshiruvdan o’tkaziladilar. Ayniqsa, bunday kasb egalarining shaxsiy hayotlarida noxush voqea yoki asablarga qattiq ta’sir etuvchi favqulotda hodisalar sodir bo’lganida rejadan tashqari vaqtda ham tekshiruvdan o’tkaziladilar.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




    Download 0,55 Mb.