-MAVZU. MUHANDISLIK FAOLIYATiDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR (2 soat)




Download 0,55 Mb.
bet60/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

9-MAVZU. MUHANDISLIK FAOLIYATiDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR (2 soat)
Reja.


9.1. Umumiy va maxsus qobiliyatlar

Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblab, zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallash- ning o’sishida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual-psixologik xususiyatdir.


Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo’lib, bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo’linadi.
Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixologik ko’rinishlarga ega bo’lib, ularni tadqiq qilishga psixo- loglar allaqachon kirishgan. Shaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko’rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.
Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo’lishi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilar ta’kidlab o’tiladi. Chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar maj- muasi iste’dod deyiladi.
Muhandis kadrlari faoliyatida qobiliyat asosiy o’rinni egallaydi. Chunki har bir kadrning mehnatga loyiq yoki loyiq emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi.
Qobiliyat-shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
Qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyatlar) yoki hamma narsaga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat) moyillikda va intilishda ko‘rindi. Zehn qobiliyatlarning psixofiziologik asosini ifodalab asosan asab tizimi xossalariga ega bo‘ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir
Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, og‘zaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi.
Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi kabilar.
Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi.
O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs – shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g‘oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo‘ladi.
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida «badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emotsiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi.
I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson «badiiy» tipga taaluqlidir;
2) mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa, bu shaxs «fikrlovchi» tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson “aralash” tipga mansub odamdir;
I.P.Pavlov tipologiyasining o‘ziga xos tomonlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
«Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Layoqat-qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining sezgi a’zolariga va funksional xususiyatlariga aytiladi.
Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma’noni anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan iborat individual xususiyatdir.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi quyidagilarga bog‘liq:
Birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo‘li bilan,
Ikkinchidan mutaxassis (musiqachi, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li, bilan
Uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o‘zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlasin.
To‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan.
Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan borish kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga matematik ob’ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim.
2) qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan:
a) miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati;
b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish;
v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik;
g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi;
d) yechishda ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka intilish
3) matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. ular quyidagilardir:
1. o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
2. muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o‘zlashtirish qobiliyati;
3. matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4. matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Psixolog M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq, bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy iste’dodli shaxs bo‘lish uchun unda
a) amaliy jihatdan fahmli;
b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati;
v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo‘lishi shart.
M.G.Davletshin texnikaviy iste’dod ko‘rsatkichlarini an’anaviy baholashni tan olgan holda (ko‘z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil, konstruksiyalash qobiliyati) o‘zining original yondashuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masalalarning to‘qqizta seriyasidan foydalanadi.
B.R.Qodirovning fikricha: “Ma’lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat haqida gapirib bo‘lmaydi. Va o‘z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali iste’dodli degani emas. Ko‘p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste’dodli bola shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste’dodli bola qobiliyatsiz bo‘lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, iste’dodli bola sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to‘la boladir.

Download 0,55 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. MUHANDISLIK FAOLIYATiDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR (2 soat)

Download 0,55 Mb.