2-MAVZU: O`QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK FAOLIYAT
PEDAGOGIK QOBILIYAT
REJA:
1. Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi
2. Oqituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish fiinksiyalari
3. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari
Tayanch tushunchalar:
Qobiliyat;
psixik sifatlar; xotira va xarakter; individual-psixologik xususiyat;
intellektlar to ‘plarni; modifikatsiya; kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; ko'nikma
va malakalar; mohirlik; iqtidor, iste’dod va daholik; mahsuldor; psixologik va fiziologik
tuzilish; evristik; kreativ; umumiy va maxsus; talant; xnsusiyatlar ansambli; layoqat va
zehn;
kom- munikativ qobiliyat; didaktik qobiliyat; tayanch xususiyatlar;
yetakchi
xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar.
Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'lib, muay- yan faoliyat
yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini
ifodalovchi individual psixik sifatlar yigindisidir.
Zarur boigan bilim, malaka va
ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-
psixologik
xususiyat boigani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga,
ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qarama- qarshi
qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi,
balki
hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to`plarni deb atadi va uning yettita
jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o`qituvchi
pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin.
Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib
modifikatsiyalaydi va o'qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahainivat kasb etishini
ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o'tadi.