|
Tibbiy monelik (cheklovlar)
|
bet | 103/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Tibbiy monelik (cheklovlar): Bo`g`im kasalliklari; rangni ajrata olmaslik; chang va boshqa allergik kasalliklar; xotiraning pastligi; asab va ruhiy kasalliklar; umurtqa pog`onasi kasalliklari; harakat tizimi kasalliklari.
Ishlashi mumkin bo`lgan joylar: Kasbni egallash kichik mutaxasislar barcha turdagi (mulkchilik shaklidan qat`iy nazar) qishloq ho`jaligi tashkilotlarida, laboratoriyalarida va fermer xo`jaliklarida agronom yordamchisi va agranom sifatida faoliyat olib borishlari mumkin bo`ladi.
KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
2. Elektro texnologiyalarini montaj qilish va sozlash texnigi kasbi
Kasb haqida umumiy ma`lumot: Elektron qurilma va qisimlarni texnika xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilgan holda montaj qiladi va sozlash ishlarini olib boradi; electron qurilmalarni payvandlaydi va montaj qiladi hamda sozlaydi. Elektron qurilmalar detallari sifatini nazorat qiladi.
Kasb tipi: Odam – Texnika.
Bilim, ko`nikma, malaka: Fizika; informatika va axborot texnalogiyalari fanini; montaj qilish va kuchlanishlarni o`lchash asboblarini ishlata olish; elektr simlarini kuchlanishga qarab tanlash va montaj qilish; elektron texnika buyumlari detallar sifati bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish; elektr jixozlari nosozliklarini aniqlay olish; elektr jixozlarini yig`ish bo`yicha yo`riqnomalar talablarini bilish.
Kasbiy muhim sifatlar: Mantiqiy va texnik fikirlash; turli tizimda ishlovchi texnika jihozlar strukturasini bilish; tez qaror qabul qilish qobiliyati; sabirlilik; mas`uliyatlilik; chidamlilik; yaxshi xotira, rangni ajrata olish; hidni sezish; yuqori sezgirlik; jismoniy chaqqonlik..
Shaxsiy fazilatlar: -e`tiborli bo`lish; -kuchli xotiraga ega bo`lish; -diqqatni jamlay olish; -tartiblilik; -sabrlilik.
Ishlash sharoiti: Tashki muhitid sharoitida; ijtimoiy muloqot cheklanmagan; sabr-toqat, diqqat va kuchi xotira talab etadigan ish; ish tartibi – kunlik (shaxsiy reja asosida); yakka tartibdagi (ish hajmiga qarab) ish sharoitidagi faoliyat.
|
| |