|
Tibbiy monelik (cheklovlar)
|
bet | 104/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Tibbiy monelik (cheklovlar): Turli moddalarga allergik kasalliklar; bo`g`im kasalliklari; rangni ajrata olmaslik; hid sezmaslik; ko`rishning pastligi; xotiraning pastligi; asab va ruhiy kasalliklar; umurtqa pog`onasi kasalliklari.
Ishlashi mumkin bo`lgan joylar: Kasbni egallagan kichik mutaxasislar barcha turdagi korxona, tashqi yoki yakka tartibda elektr jixozlarni montaj qilish, sozlash bilan bog`liq holdagi mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin bo`ladi.
KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
3. Kompyuter tizimlari bo`yicha texnik kasbi
Kasb haqida umumiy ma`lumot: Tarmoqli tizimni tashkil etish va unga serviz xizmat ko`rsatish; operatsion tizim va dasturiy ta`minotni o`rnatish va sozlash; tarmoqni ishchi holatini ta`minlash; zaruriy asbob uskunalarni o`rnatish va ta`minlash.
Kasb tipi: Odam – Belgili tizim.
Bilim, ko`nikma, malaka: Matematika, fizika, informatika va axbarot texnologiyalari, iqtisodiy bilim asoslari fanlarini; texnika havsizligi qoidalarini va unga qatiy rioya etish; barcha turdagi dasturiy tizim haqidagi tushunchaga ega bo`lish; dasturiy tizimni yig`ish; dasturiy tizimni o`rnatish va sozlash; texnik xizmat ko`rsatish va profilaktika ishlarini olib borish; tarmoqninh ishlashini tashxis qilish va nazorat qilish; tarmoq tizimlari faoliyatini(zarur hollarda) qayta ishlash.
Kasbiy muhim sifatlar: Mantiqiy fikirlash;yuqori rivojlangan diqqat-e`tabor; tez qaror qa`bul qilish qobiliyati; masuliyatlilik; yaxshi va tezkor xotira; matematik qobiliyat; mantiqiy fikirlash; tahliliy fikirlash; qo`l barmoqlari matorikasining rivojlanganligi; diqqatning tez ko`chishi; yuqori darajada rivojlangan texnik qobiliyat.
Shaxsiy fazilatlar: -diqqatni jamlay olish; -jismoniy chidamliylik; -uzoq o`tirib ishlay olishlik; -puxtalik; -tizimli ish bajara olish; -tartiblilik; -javobgarlilik; -hushmuomilalik.
Ishlash sharoiti: Xona sharoitida; ijtimoiy muloqot cheklangan; sabr-toqat, diqqat va kuchli xotira talab etadigan ish; ish tartibi-kunlik; yakka tartibdagi ish sharoitidagi faoliyat.
|
| |