|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 31/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy extiyojlarning qondirilishi uchun pul
ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruxga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish extiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruxga mansub motiv jamiyat tomonidan extiyojlarning qondirilishi va boshqalarning xurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi xam shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi. Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o’tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivatsion jarayondir. Axir shaxsning tug’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning xayotdan qoniqishga xam sabab bo’ladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar xaqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoniga to’xtalishi muximdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, o’zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklarigabog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yakin bo’lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chikarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi. O’z imkoniyatlarini baholash sog’lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi buyicha muxim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovkinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni o’z ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to’siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o’sish, tashabbusning paydobo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qizikish buyicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikatsiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi).
2) Vaziyat bilan bog’liq (xar doim insonni qiziqtirib kelgan shart
sharoitlarni ro’yobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivatsiyalar (o’ziga yakin ijtimoiy olamning ya’ni
yakinlarini, do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).3
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina omillarini kondirilishiga bog’liq bo’ladi. G’arb psixologlaridanV.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivatsiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar qanchaliko’z ishidan qoniqsa, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat kiladilar. Ularni faoliyat jarayonida rag’batlantirib borilsa, shunchalik sitqidildan ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan rag’batlantirish ishchilar faoliyatining maxsuldorligiga bog’liq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashqilotlardan kuch oladilar. Bu turli ko’shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkil etiladi.
Tadqiqot natijalariga muvofik ishdan bo’shashning turi - ob’ektiv, ob’ektiv - sub’ektiv va sub’ektiv ko’riinishlarga ajratiladi. Ob’ektiv sabablarga sog’liqning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tug’ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Ob’ektiv - sub’ektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yuqligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Sub’ektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi. Ishsizlarning ish qidirish motivatsiyalari xaligacha xam o’rganilmayotgan muammo bo’lib kolmokda. Shu bilan birga ishsizlarning ahloqi, yangi ish joyini topish buyicha faoliyati ko’p jixatdan uning motivatsion jabxalariga, ularning tuzilishiga kam xollarda xayot mazmunining shart sharoitlariga bog’liq. M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivatsion jabxalarini o’ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivatsion tuzilishlarining xamma ko’rsatkichlariga bog’liq xolda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustaqil bo’lish uchun qayta harakat qilishda o’z imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivatsion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati alohida motivlarning xam xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun f34 taklif qilgan usullarni qullash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:
1. Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2. Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va xokazo).
3. Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, suz vositasida va
xokazo).
4. Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan
Jazodan o’zini olib qochishga intilish.
Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan o’zoklashib, qizikishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izohlab, ularni kuyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yokimsiz bo’lishi;
R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan o’zoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish mumkin. “Xayot fakat eb ichishdan iborat emas”. Boshqa so’z bilan aytganda pul bilan kadrlarni jalb etishningo’zi etarli emas. Korxonada moddiy rag’batlantirishdan tashkari kadrlar jalb qilinadiganlar motivatsiyasining qo’shimcha, nomoddiy tizimi ishlab chikilgan bo’lishi mumkin. Bu ularni psixologik tashqi iktisodiy jixatlardan muhim extiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga erishgan ishchilarning rag’batlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivatsiyalarning ishlab chikilishi bilan belgilanadi. Past darajaga ega bo’lgan ishchilarga beriladigan jazolar tizimidan joy olgan “Salbiy motivatsiyalarni” aks ettiradi. Motivlarning kaysi biri ustunlik qilishi ijobiymi yoki salbiymi? degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va kadrlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bog’liq xolda xal qilish mumkin. Shunday ekan, motivatsiya adekvat bo’lishi, korxona kadrining ish natijalariga mos bo’lishi kerak. Agar olinda xatolarga, xayot, ish natijalariga va tartib buzarliklarga jazo ko’zda tutiladigan bo’lsa, motivatsiya tizimi samarali bo’lmaydi. Bundan tashqari, motivatsiyaning tashqi omillari kadrlarni o’z natijalarini baholashga o’rgatuvchi va korxona kadrlarining ishdagi muvaffakiyati darajalari bilan bog’liq ichki motivatsiya omillarini xam ajratish mumkin. Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o’z natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi ko’rsatkich xisoblanadi. Bunda rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va hodimlarning o’z-uziga beradigan bahosi muvofiq keladi. V.A.Krutetskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni aloxida ta’kidlab o’tadi:
- biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;
- Vatanga foyda keltirish istagi;
- shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish;
- oilaviy an’analariga rioya qilishi;
- do’stlari va o’rtoklaridan o’rnak olganligi;
- ish joyining va o’kuv yurtining uyga yaqinligi;
- moddiy ta’minlanganlik;
- o’kuv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining
osonligi singari motivlardir.
Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtai nazardan qarash mumkin bo’lgan ko’p o’lchovli va ko’p darajali jarayondir. Birinchidan, jamiyat shakllanayotgan shaxs oldiga qo’ygan vazifalar seriyasi sifatida, ularni shaxs ma’lum vaqt davomida ketma-ket hal qilishi zarur. Ikkinchidan, individ o’z qiziqish va layoqatlarini shakllantiradigan qaror qabul qilish jarayoni sifatida namoyon bo’ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Bu uch nuqtai nazar o’zaro bir-birini to’ldiradigan ishning har xil tomonlaridir.
Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.
|
| |