|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 34/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Yaxshilik va yomonlik. «Yaxshilik» tushunchasi va uning mohiyati. Yaxshi deganda, odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lum bo‘lgan xatti-harakatlar, narsalarning ijobiy sifatlari tushunilsa, yaxshilik deganda esa ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat yetkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi. Yaxshilik o‘zining kundalik oddiy tushunchasidan tashqari, etika fanining kategoriyasi sifatidagi ta’rifiga ham egadir.
Yaxshilik deb, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan hamma voqea, hodisa va vujudga kelayotgan narsalarning insonni e’zozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchiligining o‘sishini har tomonlama ta’minlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishiga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarining yig‘indisiga aytiladi.
«Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati. Yomon odam deganda, odatda, fe’l-atvori buzuq, yaramas, razil odam; yomonlik deganda esa, o‘zining fe’l-atvori, qilgan ishlari bilan atrofdagilarga zarar yetkazuvchi axloqan buzuq, yaramas odamlarning xatti-harakatlari tushuniladi.
Umuman olganda, yaxshi xulq egasi bo‘lish – yaxshilik, yomon xulqlilik yomonlik hisoblanadi. Chunonchi, jamiyatning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga qarshi qaratilgan barcha xatti-harakatlar yomonlikdir.
Yomonlikni oddiy tushunish va falsafiy, ya’ni kategoriya sifatida tushunish mavjud.
Yomonlik deb, jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, kishilarning axloqiy ideallariga, ular e’zozlaydigan qadriyatlarga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning o‘sishiga zid keladigan xatti-harakatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchalar yig‘indisiga aytiladi.
Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida hadislarda shunday deyilgan: «Yaxshilaringiz xushxulq bo‘lib, kishilarga yon beruvchi, ya’ni atrofida yaxshi hayot kechirishga imkon beruvchi kishilardir. Yomonlaringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi kishilardur».
«Yaxshilaringiz farzni yaxshi ado etuvchi kishilardir».
«Yaxshilaringiz o‘z aqliga, oila va a’zolariga yaxshi bo‘lganlaringizdir».
«Kimga yaxshilik qilay», – deb so‘ragan sahobaga uch marta «onangga» deb, to‘rtinchisida «otangga» deb aytdilar. «Ya’ni yaxshilikni onangga, onangga, onangga, so‘ngra otangga qil, dedilar».
|
| |