|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 42/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan bo’lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, siz ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga aylangandagina yangilariga zamin bo’la oladi.
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak deb, muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, muayyan xona o’sha erda ro’y bergan hodisani ham eslatadi.
Ketma-ketlik qonuni. Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi va siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushadi.
Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o’chib ketmasligi uchun, yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak5.
Muhandis kadrlar faoliyatida «kasbiy xotira”
kadrning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat».
Muhandis kadrlardan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonla- rini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni sub’ekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq.
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his- tuyg’ularning ham ta’siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar his-tuyg’ularni qo’zg’atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»6.
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli bo’lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo’ladi. Har qanday voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga tushadi. Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq muddatli xotira blokiga o’tishi mumkin.
Aks etish – reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg’un o’zgarishlarni qo’zg’atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi7.
Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo’lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg’itmaslik, savol berib gapini bo’lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobiqni faollashtirish uchun so’roqni erkin bayondan boshlash lozim.
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo’lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo’lmaydi.
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manba- larni eslay oladi. «Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o’tishni ta’minlovchi ip»8 deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug’ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.
Kadrning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo’nalishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:
odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi o’ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;
xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so’zdagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;
qidiruvda bo’lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish va tanish;
o’g’irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;
joy chizmalari, harakatlanish yo’nalishlarini eslab qolish va xotirada saqlash.
Kadrlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni esda saqlash printsiplari:
maqsadni to’g’ri tanlash;
axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko’rish orqali) turli bog’liqliklarni o’rnatish.
Ma’lumotni yodlash printsipi:
ma’lumot idrok qilinganidan so’ng 20 soniya ichida takror- lash;
ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish;
mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish;
ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash.
Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish usullari:
|
| |