Xotira va uning muhandis kadrlari faoliyatida tutgan o’rni




Download 0,55 Mb.
bet41/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

Xotira va uning muhandis kadrlari faoliyatida tutgan o’rni

Odam ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan o’zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig’ida hosil bo’ladigan obrazlari beiz yo’qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo’lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o’zaro turli xil aloqalar bog’lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo’ladi.


Individning o’z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko’rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o’sha faoliyat bilan belgilanadi.
Xotira mexanizmlarini o’rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan boshqalaridan ustunroq bo’lib, fanda turli yo’nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi bilan ma’lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida sub’ektning faolligi qanday rol o’ynashiga va bunday faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog’liq holda tasniflash va baholash mumkin.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo’ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog’liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo’linadi:

  1. faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so’z-mantiqli turlarga bo’linadi;

  2. xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi;

  3. materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o’rniga bog’liq ravishda) xotira qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo’linadi.

Shu o’rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab qolish tavsiya etiladi:

Download 0,55 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xotira va uning muhandis kadrlari faoliyatida tutgan o’rni

Download 0,55 Mb.