|
Eslab qolish haqida o’ziga buyruq (ustanovka) berish
|
bet | 43/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Eslab qolish haqida o’ziga buyruq (ustanovka) berish. Kadr har safar kasbga oid muhim axborotga duch kelganida o’ziga: «Buni eslab qolish kerak!», deb aytishi zarur.
Yodlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo’lgan ma’lumotni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi lozim.
Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo’lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniqlashga «Nima uchun?» degan savolini qo’yish yordam beradi;
Qonuniyatlarni izlash. Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlash- tiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan qonuniyatni – ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.
Analogiya, o’xshashliklardan foydalanish. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Ob’ekt nimaga o’xshashini aniqlash kerak.
Obrazli tasavvur. So’zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.
Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati, agar kadr uni eslab qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuzidagi ayrim jihatlarni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.
Modellashtirish. Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo’lib xizmat qiladi. Taxminni ilgari surish yordamida bo’lgan voqea qayta gavdalantirilsa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.
Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlanib qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo’lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.
Tartibga keltirish. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib qolish kerak bo’lgan ma’lumot bilan bog’lash ularning xotirada ishonchliroq saqlanib qolishiga imkon beradi.
|
| |