• Mexanik usul
  • 7-MAVZU. MUHANDISLIK XODIMLAR SHAXSINING BILISH FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI Reja
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet46/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Mantiqiy eslab qolish – eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan qanchalik samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma’noli va mantiqiy aloqalar o’rnatishga bog’liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo’ladigan ma’noli aloqalar tasodifiy yuzaga kela- digan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani guruhlarga ajratish, ya’ni ma’nosi bo’yicha guruhlashtirishdan iborat.
    Mexanik usulma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini anglamasdan turib ko’p martalab idrok etish tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz.
    Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo’ladigan usul. U asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va ma’nosiz materialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish mumkin.
    Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.
    Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo’lsa, shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o’zingiz, masalan, kasbiy faoliyatda maqsadga erishish- ingiz uchun muhimligini ta’kidlab turishingiz zarur.
    Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo’lsa, shunchalik mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq qo’llash muhimdir.
    Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko’p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish ob’ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga asoslanadi.
    Qiziqish uyg’otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O’zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog’lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo’yish katta aha- miyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko’rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.
    Bir vaqtning o’zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, muxandiskadrlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o’rnatishni o’rganishimiz zarur.
    Xotirani shakllantirish usullari:

    • bilishga bo’lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini shakllantirish;

    • mantiqiy eslash usullarini o’rganish;

    • javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o’rganishga, qunt qilishga, o’zini tarbiyalashga e’tibor berish;

    • o’tilgan mashg’ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash, xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish.

    Shu ma’noda muxandisfaoliyatida kasbiy xotira

    • tezkor, uzoq muddatli, so’z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya, qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay olish)da namoyon bo’ladi9.

    7-MAVZU. MUHANDISLIK XODIMLAR SHAXSINING BILISH FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI


    Reja:
    7.1. Tafakkur, uning xususiyatlari, shakllari va turlari.
    7.2. Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari
    7.3. Intellekt haqida tushuncha
    7.4. Nutq va uning turlari




      1. Download 0,55 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




    Download 0,55 Mb.