• Idrok va uning muxandis kadrlar faoliyatida tutgan o’rni
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet40/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo’zg’atuvchi ta’siri ostida o’zgarishi demakdir.
    Bu hodisaning uch xil turini alohida ko’rsatish mumkin:

    1. Qo’zg’atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayo- nida sezgining tamomila yo’qolib qolishiga o’xshaydi. Doimiy qo’zg’atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda sezgi yo’qolib qolish xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo’yilgan engilgina yuk tezdayoq sezilmaydigan bo’lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof- muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko’p o’tmay batamom yo’qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir;

    2. Adaptatsiya – kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo’zg’atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo’lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong’u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko’zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir narsaning farqiga eta olmaydigan bo’lib qolamiz, bir muncha vaqt o’tgandan keyin esa ko’rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko’ra boshlaymiz;

    3. Kuchsiz qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning orti- shi ham adaptatsiya deb ataladi.

    Muhandis faoliyatida ham sezgining o’rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlantiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Masalan, muhandis o’z faoliyati mobaynida mashina tovushidan undagi texnik nosozliklarni aniqlay boshlaydi.


    Idrok va uning muxandis kadrlar faoliyatida tutgan o’rni

    Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.


    Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.
    Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi.
    Qo’zg’atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o’laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig’indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
    Muhandis kadrlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ekt- lardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko’ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg’ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok kadrda illyuzion (noto’g’ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.
    Shu nuqtai nazardan idrok muxandis kadrlarining kasbiy faoliyatida muayyan o’ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni, muxandis kadr aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida turli ko’rinishlarda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis kadrlar voqelikni to’g’ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur.
    Idrok qilish tamoyillari quyidagilar:
    – bilish zarur bo’lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish;

    • sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to’liq foydalanish;

    • o’rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg’otish;

    Idrok qilish printsiplari asosida kadr turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi.



    Download 0,55 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




    Download 0,55 Mb.