Pedagogika va psixologiya




Download 0,55 Mb.
bet38/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

Kuzatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.
Kasbiy kuzatish esa muxandis kadrlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.
Kasbiy kuzatuvchanlik kadrning shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo’lishida, kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo’ladi.
Kasbiy kuzatishda ko’zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo’lgan ob’ekt (narsa,predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog’liq bo’ladi.
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik mexanizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni, ular namoyon bo’lish xususiyatlariga ko’ra ob’ektiv, sharoitga xos va sub’ektiv guruhlarga bo’linadi.
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda sub’ektiv omillarga muhim vazifa yuklatiladi.
Shu nuqtai nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini shakllantirishda kadrdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi.
Muhandis kadr operativ qiziqish uyg’otgan shaxsga nisbatan kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni hisobga olishi kerak.

  • zarur bo’lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali kuzatilayotgan ob’ektning xatti-harakatlarini to’liq esda saqlashi, kerak bo’lsa aniq qayd etishi;

  • qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan ob’ekt to’g’risida olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi.

Muhandis kadrlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni e’tiborga olishi zarur:
– kuzatuvdan oldin o’rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish;

  • vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo’lsa-da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;

  • kuzatilayotgan ob’ektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash;

  • kuzatish predmetini qismlarga bo’lib o’rganish bilan birga, butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;

  • bir martalik kuzatishga ishonmaslik, ob’ektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish;

  • kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo’yish, o’z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish;

  • kuzatuv ob’ektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qara- ma-qarshi qo’yish va ulardagi o’xshash hamda farq qiluvchi tomon- larni topish;

  • kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo’lgan ma’lumotlar bilan qiyoslash;

  • kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish;

  • kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish;

Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo’nalishi omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini egallash sanaladi.

Download 0,55 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Download 0,55 Mb.