• Burch, or-nomus va qadr-qimmat
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet35/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Vijdon va vijdonsizlik
    «Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deganda, odatda, kishining o‘z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi tushuniladi. Vijdon deb o‘smir shaxsining o‘z axloqiy xatti-harakatlarini va bu xatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ulari, kechinmalarini davlat, jamiyat tomonidan joriy qilingan axloqiy normalar nuqtayi nazaridan baholovchi va nazorat qiluvchi ichki tuyg‘ularining majmuasiga aytiladi.
    Vijdonning tarkibiy tuzilishi, birinchidan, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, erishgan muvaffaqiyatlardan o‘zini yo‘qotmaslik, ichki jihatdan qoniqish hosil qilish, ikkinchidan, o‘z shaxsiy manfaatlaridan kechib, o‘zini jamiyat manfaatlari yo‘lida baxshida etish kabi ichki tuyg‘ularni qamrab olganligini ko‘ramiz.
    Vijdon insonning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. «Vijdonning buyuk qudrati bor, – deb yozgan edi qadimgi yunon mutafakkiri Sitseron, – gunohsizni har qanday qo‘rquvdan forig‘ etgani holda va gunohkorning tasavvurida u o‘zi loyiq bo‘lgan hamma jazolarni muttasil tiklagani holda, ikkovini ham baravar hayajonga solib turadi».
    Burch, or-nomus va qadr-qimmat
    «Kasb burchi» tushunchasi va uning ahamiyati. Inson ijtimoiy mavjudoddir. U jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘p qirrali faoliyat yuritadi, ana shu jarayon davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday aloqadorlik esa odamga qandaydir majburiyat yuklaydi, ana shu majburiyatni bajarish burchni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, burch, oddiy qilib aytganda, ado etilishi, bajarilishi shart bo‘lgan vazifa, majburiyatdir.
    Burchning manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida maydonga chiqadi.
    «Or-nomus («sha’n») va «qadr-qimmat» kategoriyalari. Or deganda, odatda, o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o‘z obro‘sini ulug‘lashi va ardoqlashi, ori yat, diyonat, uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. Shunga ko‘ra, oriyatli odam deb or-nomusini biladigan, o‘z obro‘yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa; nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi.
    «Or-nomus» kategoriyasi bilan bir qatorda inson faoliyatining axloqiy tomonlarini ifodalovchi «qadr-qimmat» kategoriyasi ham mavjud.
    Qadr-qimmat deb o‘smir shaxsining jamiyatda, kishilar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. «Or-nomus» kategoriyasi shaxs axloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o‘z-o‘zini anglashi va nazorat qilishini ifodalaydi. Qadr-qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida o‘z qimmatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi.
    Yuqorida zikr qilingan axloq kategoriyalaridan tashqari, «baxt», «hayotning ma’nosi», «imon», «adolat» kabi kategoriyalar ham mavjuddir.
    Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, o‘smirlik shaxsining amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya’ni o‘ziga xoslik kasb etadi.
    Shaxslardagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg’ul bo’lishga, maqsadga muvofiq ravishda shug’ullanishga, mayl uyg’otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e’tiqod funktsiyasini bajarishga aylansin.


    Download 0,55 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




    Download 0,55 Mb.