|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 33/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 E.N.Sattarov rahbarligida S.N.Jo’raeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari o’rganildi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar tva omillar aniqlandi, talabalarning oliy o’quv yurtiga kirishida ta’lim yo’nalishlarini tanlashlariga sabab bo’luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo’nalganlikning o’rni aniqlangan.4
5.4. Yoshlarda kasb tanlash va kasb etikasi kategoriyalarining ahamiyati
.
Yoshlarda kasb tanlash ijtimoiy foydali mehnatga o‘z hissasini qo‘shish zarurligini anglash natijasida kasbga yo‘naltirish. Proforientatsiya – yoshlarni xohish-istaklari, qiziqishlari, qobiliyatlariga qarab xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik-pedagogik va tibbiy kasbga yo‘naltirish. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
– o‘quvchilarni kasb tanlashga o‘rgatishda o‘qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi;
– kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki;
– sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratib ko‘rsatilishi;
– maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilishi;
– maxsus muassasalar faoliyati;
– kasbga oid ko‘rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi;
– ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi;
– kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniyaning ishtiroki. Psixolog K.K.Platonov «Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi» sxemasini ishlab chiqqan, u o‘zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muhim tomoni bu har xil kasb-hunar egasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyatning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo‘yicha bilimlar mujassasmlashganligidir. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlar umumlashtirilgan bo‘lib, kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirilgan uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtiradi.
V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrash mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:
– biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi;
– vatanga foyda keltirish istagi;
– shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish;
– oilaviy an’analariga rioya qilishi;
– do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi;
– ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi;
– moddiy ta’minlanganlik;
– o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.
Psixolog Ye.A.Klimov tomonidan o‘spirinlarda kasb tanlash jarayonida uchraydigan xatoliklarni quyidagilar deb ajratib ko‘rsatadi:
– biror-bir kasbning nufuzli ekanligiga baho berishdagi fikrlarga asoslanish;
– kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish;
– biror kasb egasi bo‘lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lishni tegishli kasbga ko‘chirish;
– kasbning oddiy kundalik tomonini nazar-pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo‘lish;– o‘rtoqlarining ta’siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar.
G.Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning qanday mavqega ega ekanligi haqida yorqin ma’lumotlar keltiradi. Ana shu yoshlar 80 ta kasbni muhimligiga qarab qo‘yib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin, unga ko‘ra tokar va usta kasblarini 39–40 o‘ringa qo‘ygan bo‘lsalar ayrimlari 75–76 o‘ringa qo‘yishgan.
Kasbiy niyatlarning barqarorligini o‘rganish maqsadida N.I. Krilov o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatadiki, hatto o‘z niyatlarini amalga oshirib oliy o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko‘plari o‘zlarining kim bo‘lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab maktabni bitirgan yoshlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan, bu kasbning haqiqiy amaliy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko‘plari mazkur oliy o‘quv yurtiga tasodifan kirgan bo‘ladilar «otam ham vrach bo‘lgani sababli kirdim», «o‘rtog‘im kirayotgani sababli kirdim, chunki bu yerga kirish osonroq bo‘ldi» va hokazo.
A.V. Darinskiy yoshlar oliy ma’lumot olishining ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi:
– ilk o‘spirinlar o‘zlari tanlagan oliy o‘quv yurtga kirish uchun imtihon topshiradigan 3–4 ta fanni chuqur o‘rganishni mo‘ljallaydilar, xolos. Boshqa fanlarni o‘rganishga vaqt sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi, uch baho olsa bo‘lgani;
– tanlagan fanlarini o‘rganish ham to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilganidek oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish talablariga mos keladigan pragmatik xarakterga ega bo‘ladi.
Kasb etikasining kategoriyalari. Har bir fanning o‘z kategoriyalari bo‘lgani kabi o‘smirlik davri yoshlarning ham kasb etikasi va estetik madaniyati kategoriyalari mavjud. «Kategoriya» so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «hukm», «guvoh», «ifodalash», «ta’rif berish», «fikr aytish» demakdir. Kasb etikasi fanining kategoriyalari boshqa fanlarning kategoriyalaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, etika kategoriyalari faqat axloqshunoslik sohasida emas, balki boshqa fan sohalarida ham qo‘llaniladi. Har qanday nazariya, kashfiyot va ilmiy qarashning zaminida ma’lum qadriyat bor, ya’ni u mazkur ish nima maqsadda qilingan, u yaxshimi yoki yomon narsami, degan savoldan tashqarida bo‘lolmaydi. Shunday qilib, amaliyotda axloqiy faoliyatdan tashqarida bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q.
Ikkinchidan, etika kategoriyalari (masalan, vatanparvarlik, adolat, javobgarlik va h.k.) bir vaqtning o‘zida boshqa fanlar – siyosiy, iqtisodiy va huquqiy fanlarning ham kategoriyalari hisoblanadi. Bu axloqiylikning, uning in’ikosi bo‘lgan axloq kategoriyalarining sintez qilish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Sintez, bir tomondan, axloqiy tarbiya uchun boshqa fan jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ish ko‘rishini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, boshqa fan kategoriyalariga axloqiy mazmun bag‘ishlashini, ularning axloqiylikdan tashqarida emasliklarini ham ko‘rsatib beradi.
Uchinchidan, etika kategoriyalari o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni tug‘ilishidan hayotining so‘nggi kunlarigacha bo‘lgan mehnat, sevgi, kundalik odob-axloq, xulq, muomala – hammasini o‘zida umumiy tarzda aks ettirishi bilan ajralib turadi.
To‘rtinchidan, etika kategoriyalari kishilar xatti-harakatlari, xulq-avtorlarini jamiyat talablari nuqtayi nazaridan ma’qullash yoki qoralash, ya’ni axloqiy baholash xususiyatiga egadir.
O‘smir shaxsining etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
|
| |