“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.11.2023
Hajmi0,76 Mb.
#101279
1   2   3   4   5
Bog'liq
104-107 (2)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-2, January - 2023
 
106 
2. «Ilk qadam- dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda 
umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o’rniga alohida e’tibor 
qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o’quv dasturi tashkilot 
pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi 
qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalar «Ilk qadam- davlat o’quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat 
yuritadilar. Bular quyidagilardir: 
1. Til va nutq markazi. (Nutq o’stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot 
bilan bog’liq mashg’ulotlar) 
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish 
yasash va matematika mashg’ulotlari) 
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg’ulotlari va 
origami) 
4. Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos 
bo’lgan syujetli qoidali o’yinlar) 
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish 
mashg’ulotlari) 
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to’xtaladigan bo’lsak, til va nutq markazida 
bolalarning do’stlari orasida o’z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar 
tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud 
bo’ladi. Bola markazda o’zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin. 
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor 
tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash 
ham matematika bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bolalarni o’yin 
jarayonida tinglansa «Menga yashil rang kerak-, «Men yasagan uycha ikki qavatli-, 
«Seniki kichkina, meniki esa kattakon-, «Meni mashinamga 10 ta odam sig’adi- degan 
jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo’shish, ayirish, taqqoslash
kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi. 
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko’tarish imkoni mavjud. Bolalarning 
ijodiy qobiliyatlari qo’llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik
turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli 
bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to’liq ta’minlansa, yasash, chizish 
texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o’rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada 
bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning 
mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining 
rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon 
bo’lishi, o’z mahoratini ko’rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning 
«Men-ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar 



Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish