“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/275
Sana13.05.2024
Hajmi30,71 Mb.
#228485
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   275
Bog'liq
20-5-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-8, Issue-4, April - 2022
 
12 
bo‘lib (o‘rtacha dekabrda) suv haroratining 20
0
C dan oshmasligi, e`tiborga olinsa, 
va shu bilan birga qisqa muddatli 23
0
C bo‘lishi ehtimolini ham nazardan 
qochirmaslik kerak. Forelni O‘zbekistonning (Andijon, Namangan, Farg‘ona, 
Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo) kabi tog֯‘lik hududlarda irrigastion kanallar, 
daryolar va buloqlar yaqinida sadoklar o‘rnatib yetishtirish mumkin. Bunday sharoit 
Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li rayonlarida ham 
mavjudligini inobotga olib bu joylarda ham forel yetishtirish mumkin.
Respublikamizning g‘arbida, shimolida ko‘p sonli ko‘llar (Og‘itma, Devxona, 
Tuzkon, Dengizko‘l, To‘dako‘l, Sho‘rko‘l, Kattaqo‘rg‘on suv omborlari) va 
Arnasoy Aydar ko‘llar tizimida ham sadokda tegishli baliq turlarini yetishtirish 
imkoniyati katta. O‘zbekistonda sadok usulida baliq boqish imkoniyati ancha keng. 
Sadokda baliq boqish qachon rentabelli bo‘ladi, qachonki siz baliq boqishni jadal 
ravishda olib borsangiz albatta. Sadokda baliq yetishtirishni maqsad qildingizmi, 
darhol balanslashtirilgan to‘la qimmatli omuxta yemga asoslanishingiz kerak. 
Ammo bu oziqa nihoyatda qimmatga tushadi. Agarda Respublika suvliklarida 
sadokda baliq yetishtirish yaxshi rivojlansa unda sadoklarga xos bo‘lgan yangi baliq 
turlari va texnologiyalar tavsiya etiladi. Sovuqsevar baliq ob’ektlaridan sadokda 
yetishtirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan tur bu kamalak rang forel – 
Onsorhynchus mybiss, daryo foreli - Salmo trutta yoki kumja lardir. Chunki ular 
qimmatbaho baliqlardandir. Issiqsevar baliqlardan esa laqqa, daryo laqqasi va 
karplar eng yaxshi obektlar hisoblanadi. Sadoklarda 6-7 oy baliq boqish imkoniyati 
bor. Sadokda eng qulay variant tovar baliq yetishtirishdir. O‘zbekiston sharoitida 
taxminan 210-240 kun baliq boqiladi. Agarda karp segoletkasi o‘rtacha bir sutkada 
3g dan o‘sganda 630g dan 720g bo‘lishi mumkin. Agarda har bir sadokga 1000 dona 
karp boqilsa – taxminan har bir sadokdan 630 kg tavar baliq olish mumkin. Bular 
taxminiy hisob-kitoblar. Tovar razmeriga yetmagan baliqlar suvlikning o’ziga quyib 
yuboriladi va bunda ko‘lni baliqlashtirish rejasi ham bajariladi. Sadok usulida baliq 
boqishning ahamiyatli tomonlaridan qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 



Download 30,71 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   275




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish