|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 157/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
158
tabiiy sharoitiga ham bog’liq. Kattaqo’rg’on shahri viloyat markazidan 80 km uzoqda
joylashgan. Umuman olganda Kattaqo’rg’on shahri atrofi xo’jaligining shakllanishiga
bir nechta agroiqlimiy ko’rsatkichlar ta’sir etadi. Bunday omillardan biri havo harorati
bo’lib. Kattaqo`rg`on shahri 1868 yil tashkil topgan. Maydoni 0,1463 ming.km.
Aholisi 90 ming 561 kishi. Samarqand temir yoʻl qurilishi bilan shahar sanoati
rivojlana boshladi. 1890-yil bugʻ dvigateli bilan ishlaydigan paxta tozalash va 1896-
yil pressli yogʻ zavodlari ishga tushdi.
Kattaqoʻrgʻonda yogʻ-moy, goʻsht, sut-moy, non, un kombinatlari, paxtachilik
uchun mashinalar ishlab chiqaradigan "Paxtamash" zavodi, gʻisht, paxta tozalash
zavodlari, meva konservalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak,
mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
shoxobchalari ishlab turibdi.Shaharda bir qancha qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar,
18 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika, tijorat va tibbiyot kollejlari,
transport, kasb-hunar va milliy hunarmandchilik litseylari, teatr, 6 madaniyat uyi,
klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, kasalxona, tugʻruqxona,
poliklinika va dorixonalar xizmat koʻrsatmokda. Kattaqoʻrgʻondan Toshkent,
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Zarafshon vodiysining boshqa shaharlari,
Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonga avtobuslar qatnab turibdi. Toshkent – Nukus,
Andijon – Dushanba temir yoʻl yoʻnalishlari shahar orqali oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon
yaqinida Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilgan.Kattaqoʻrgʻon shahar Davlat xizmatlari
markazi ham yangi, barcha qulayliklarga ega binoga koʻchdi. Viloyatdagi boshqa
markazlar singari ushbu maskanda ham Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif
buyurgan fuqarolar nafaqat tezkor va sifatli xizmat olishlari, balki markaz
xodimlarining muomala madaniyatini ham baholash imkoniyatiga egadirlar.
Shuningdek, markaz operatorlariga maxsus uskunalar — raqamli imzo planshetlari
oʻrnatildi.
Sanoat mahsuloti 118,8 mlrd som.
-Eksport 3,962 mln. AQSH dollari
-Import 7,237 mln. AQSH dollari
Shaharda qo’shimcha 2 ta Consulting xizmatlarini ko’rsatadigan korxona va 3 ta
yuqori darajada komputer xizmatlari banner tayyorlash va boshqa komputer xizmatlari
ko’rsatadigan korxonalar bor. Xususan, Kattaqo’rg’on shahrining 2018-yildagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qiladigan bo’lsak hududiy dasturlar asosida jami
65 ta loyiha amalga oshirilgan va 700 ga yaqin yangi ish o’rin yaratilgan. Shuningdek
yangi turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi orqali eksport
salohiyati yanada oshirilib shaharning eksport geografiyasi kengaytirilib va eksport
ko’rsatkichi qariyb 2,0 mln. AQSH dollarga yetkazildi. Kattaqo’rg’on hududidagi
ichki va xo’jaliklararo yo’llarini ta’mirlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdinov tashabbusi va ko’magi bilan Ingichka
|
| |