|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 154/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
156
O‘rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu
olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda
berilishi kerak. Albatta, o‘quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning
hayoti va ilmiy faoliyatini to‘la yoritishning imkoniyati yo‘q. Shu sababli ba’zi olimlar
hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish
maqsadga muvofiqdir. Ba’zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so‘zlar,
masalan,T.Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki
olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o‘tishiga sabab
bo‘ladi. Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik,
halollik, vatanparvarlik kabi tuygʻularni shakllantirishga erishiladi. Masalan:
alXorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulugʻbek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K.
Otaxo‘jayev kabi olimlarimizning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritish orqali milliy
gʻurur, iftixor, mustaqillik, ozodlik gʻoyalarini o‘quvchilar ongiga singdirish
imkoniyati yaratiladi. Olimlar hayoti bilan tanishish jarayonida ularning faqat ijobiy
tomonlari olinmasdan, balki, turmushda va ilmiy izlanishda yo‘l qo‘ygan xato va
kamchiliklari to‘gʻrisida ham to‘xtash maqsadga muvofiqdir. Masalan V. Tomson va
Klauziuslarning «Olamning issiqlik halokati» to‘gʻrisidagi fikri yoki "Efir", "teplorod"
nazariyasi tarafdorlarining noilmiy fikrlari darsning qizikarli bo‘lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, dars jarayonida buyuk fizik olimlarning
dunyoqarashi va ilmiy kashfiyotlari haqida ma’lumotlar berish orqali darsni qiziqarli
o‘tish va uning samaradorligini oshirish kabi bir qator didaktik vazifalarni amalga
oshirish mumkin.
|
| |