“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
152
FIZIKA FANI RIVOJLANISH TARIXINI O‘RGANISHNING
DIDAKTIK JIHATLARI
Usmanova Dilbar Xaitmuratovna
Surxondaryo viloyati Termiz shahar 16 IDUM
maktabining Fizika fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada fizika fanini rivojlanish tarixi o‘rganish
bosqichlari, vazifalari, rivojlanishidagi fanlar bilan bogʻliqligi va rivojlanish tarixining
davrlari borasida so`z yurtiladi. Bundan tashqari, o‘quv darslarida fizika fani tarixini
o‘qitishning ahamiyati va samaradorligi tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: rivojlanish tarixi, tarixiy fakt, analitik ma’lumot,
astornomiya,tabiatshunoslik, ishlab chiqarish, jamiyat qonunlari, ilmiy kashfiyot.
Fizika har kuni sodir bo'ladigan hodisalar haqidagi fandir. Biz uning ko'p
qonunlarini
tushunamiz, lekin ko'pincha tushuntirib berolmaymiz. Buning sababi
odatiy darsliklarda mavzuni taqdim etishda juda abstraktdir (va har bir o'qituvchi
qiziqarli izoh bera olmaydi).Fizikani har xil yo'llar bilan o'rgatish
mumkin - barcha
usullar o'z-o'zidan yaxshi (lekin barchaga bir xil berilmaydi). Maktab o'quv dasturi
barcha hodisalar va jarayonlar to'g'risida to'liq tushuncha bermaydi (va qabul qiladi).
Buning sababi amaliy
bilimlarning etishmasligi, chunki o'rganilgan nazariya aslida
hech narsa bermaydi (ayniqsa, kichik fazoviy tasavvurga ega odamlar uchun).Insoniyat
o‘zi yashayotgan olam to‘gʻrisidagi bilimlarni to‘satdan va tayyor tugallangan holda
ololmaydi. Oddiy, misol: Nyutonning qonunlari degan
nom bilan ataluvchi hozirgi
maktab o‘quvchisiga ham tanish bo‘lgan harakat qonunlarini tushunish minglab
yillarni talab qilgan. Yana ko‘p yuz yillar davomida bu qonunlarning har doim ham har
qanday holatlar uchun ham qo‘llab bo‘lmasliginii tushunildi[1]. Ya’ni
juda katta
tezlikdagi va juda kichik o‘lchamdagi zarrachalar harakatiga bu qonunlarni qo‘llab
bo‘lmasligi aniqlandi. Insoniyat bilmaslikdan bilishga bo‘lgan uzoq va mashaqqatli
masofani bosib o‘tdi. Bunda u unchalik aniq va to‘liq bo‘lmagan bilimlarni aniq va
to‘liq tushunchalar bilan almashtirib bordi. Hech bir ish yo‘q joydan boshlanmaydi,
balki har bir yangi avlod o‘zidan avvalgi o‘tganlar to‘xtagan joydan ishni boshlaydi va
o‘zi amalga oshirgan ishlarni keyingi keluvchilarga topshiradi. Bu yerda I. Nyutonning
quyidagi so‘zlarini eslash muxum ahamiyat kasb etadi. “Agar
men boshqalarga
nisbatan uzoqni ko‘ra olgan bo‘lsam, buning sababi,
men buyuk kishilarning
yelkalarida turganligim uchundir”[2]. Yevklid va Arximedlarsiz Nyuton, Nyutonsiz
Eynshteyn yoki Bor, Xorazmiy va Forobiysiz Beruniy yoki Ibn Sino, Umar Xayyom
va Umar Chagʻmoniysiz Ulugʻbek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni)
yoki Ali Qushchi bo‘lmas edi. Ya’ni, har bir avlod o‘zidan avval o‘tganlar merosini