|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 151/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
153
o‘rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning kelgusi rivojini amalga
oshiradi. Har qanday bilimning rivojlanish jarayonini o‘rganish alohida bir fan - tarix
fanining asosiy masalasini belgilaydi. Shu jumladan fizika fani rivojlanish tarixi, fan
tarixining bir bo‘lagini tashkil qilib, u fizika fanining rivojlanishi jarayonini o‘rganadi.
Har qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shugʻullanayotgan sohada amalda bo‘lgan
qonunlarni ochishdan iborat bo‘lganligi kabi fizika tarixi fanining ham vazifasi fan
rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat. Yuzaki qaraganda bunday
qonunlarning bo‘lishi mumkin emasdek ko‘rinadi. Oldindan Farobiy, Beruniy, Ibn
Sino, Arximed, Nyutonlarning dunyoga kelishini bilib bo‘lmaydi, olimlar fikri va
tafakkurini boshqarib bo‘lmaydi. Tashqaridan bir ko‘rishda fan tarixi buyuk
daholarning nazorat qilib bo‘lmaydigan faoliyatlari natijasiga o‘xshab ketadi. Albatta
ular faoliyatini tabiatda yuz beruvchi biror harakat qonunlariga o‘xshash qolipdagi
qonunlarga o‘xshatib bo‘lmaydi[3]. Mubolagʻasiz aytish mumkinki, fan bu insoning
murakkab tafakurri va ijodiy faloiyat mahsulidir. Biroq fan rivoji muhum o‘rin tutuvchi
ma’lum bir tarixiy sharoitlarda amalga oshadi. Bu narsani esa, albatta, ilmiy tahlil
qilish mumkin. Tarixan ma’lumki ilm-fan rivoji iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga
bogʻliq. Qaysi joyda ishlab chiqarish, sanoat, madaniyat rivojlanishi yuqori bo‘lsa
o‘sha joyda fan rivojlanishi ham yuqori darajada bo‘ladi. Hozirgi kunda bu yanada
yaqqol namayon bo‘lib bormoqda.Chunki, ilm fan hozirgi davr rivojida juda katta
ijtimoiy mablagʻni talab qiladi. Fizika fanini rivojlanish tarixi o‘rganish bir qator
bosqichlarda amalga oshiriladi: –ma’lumotlar yigʻish –analitik ma’lumotlar orasidagi
bogʻlanish va sabablar - analitik natijalarni umumlashtirish va fandagi asosiy
qonunlarni ochish. Fanning rivojlanish tarixi bu umumiy fizikaviy bilimlarning
ajralmas bir qismdir, chunki fizika fanning o‘rganish bilan uning tarixi ham o‘rganib
boriladi, bu fanning qonun qoidalarning ochilishi, ushbu qonun ochishda olimlarning
tutgan o‘rnidir[4]. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl
nusxasini o‘rganish uchun asil ma’nosini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Har
qanday fanning tarixini o‘rganishda, bu fan aslida qanaqangi fan, bu fan o‘z
taraqqiyotida umumbashariy rivojlanishda jamiyat taraqqiyotida qanaqangi o‘rin tutadi
va qanday metodlar bilan o‘rganilishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaragan fizika tarixi
o‘rganish, jamiyat taqqiyotining bosqichini o‘rganishda tabiatshunoslik fanning
yetakchilari bilan bir qatorda tutgan o‘rni muhimdir. Chunki fizika atrofimizni o‘rab
olgan tabiat qonunlarni o‘rganish bilan bogʻliqlikligi tufayli, uni o‘rganish tarixi ham
juda qadimiy bo‘lib, hozirgi kungacha 2000 yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga oladi[5].
Fizika fani o‘tgan XX asr davomida shunchalik o‘zgarib ketdiki, fizika fani
o‘rganishda uning oddiy fizik xodisalardan boshlab uning hozirga kundagi murakkab
taraqqiyotda davom etayogan taraqqiyotini inson ongiga singdirib borish uchun ham
fizikani fan tarixi bilan biogʻlab o‘rganish muximdir. Fizika tarixi fani fizikaviy
bilimlarning ajralmas bir qismdir. Shu sababli fizika fanini o‘rganish fizika
|
| |