“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/194
Sana17.12.2023
Hajmi5,34 Mb.
#121843
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
155 
fanining rivojlanish tarixi nazar solsak, fanning taraqqiyoti bevosita ishlab chiqarishni 
rivojlantirish tarixi bilan bogʻliqligini ko‘ramiz. Chunki fizik fanining yutuqlari 
bevosita texnika va texnalogiyalarda qo‘llanib, u esa o‘z navbatida ishlab chiqarish 
kularini rivojlantirishda muxim o‘rni egallaydi. Fizika fanining rivojlanishi 
jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga ham bogʻliqdir. Chunki fanning rivojlanishida 
jamiyatning iqtisodiy siyosiy tuzilishi ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan: Quldorlik 
tuzumi davridan keyingi ilk feodalizm davrida fan taassurotlar bilan rivojlanmadi, 
chunki o‘sha davrdagi quldor ham, feodal ham ishlab chiqarishni rivojlantirishi bilan 
qiziqmas edi. Fizika faqat ishlab chiqarish bilan bogʻliq bo‘libgina qolmay, u barcha 
tabiiy fanlar bilan ham bogʻliqdir. Buni qanning tarixi o‘rganishimizda ko‘rib boramiz. 
Fizika fani rivojlanish tarixini quyidagi davrlari uning rivojlanishiga qarab o‘rganib 
boriladi. 1. Qadimgi zamon fizikasi(fizik tushunchalarning shakillanish davri) a) antik 
davr fizikasi (eramizdan oldingi III asrga qadar bo‘lgan davr) b) O‘rta asr fizikasi (III-
X asr) v) Geliostentrik sistema uchun kurash(X-XVI asr ) 2. Klassik fizikaning asosiy 
yo‘nalishlar shakllanisi davri a) Ilmiy inqilobning tugallanishi (XVIII asr). b) 
Fizikaning asosiy yo‘nalishlarining rivojlanishi (XIX asr). 3. Fizikada ilmiy 
inqilobning asosiy yo‘nalishlari (zamonaviy fizika shakllanisl davri) a) Elektron 
nazariya va elektrodinamikaning rivojlanishi. b) Eynshteyning nisbiylik nazariyasi v) 
Atam va yadro fizikasining rivojlanishi. g) Fizikaviy inqilobning birinchi bosqichi 
Rezerford-Bor nazariyalar, kvant mexanikaning rivojlanishi. d) yadro fizikasining 
rivojlanishi 1918 – 1938 yillar. Fizika fani mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari 
bo‘yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi[8]. Chunki fizika fanining rivojlanishi 
jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. 
Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy 
bogʻliqdir. Shunday qilib fizika fani rivojlanish tarixini o‘rganish o‘quv jarayoni va 
tarbiyaning ko‘pgina muammolarini hal etish bilan birgalikda, fizika fanini o‘qitish 
uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Tarixiy hujjatlardan dars 
jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish tavsiya etiladi: - tarixiy voqyea va hujjatlar 
asosida kirish so‘zi bilan muammoli vaziyatni yuzaga keltirish orqali darsning 
samaradorligini oshirish; - o‘tilgan mavzuni yakunlashda o‘quvchilar bilimini bir 
tizimga keltirish maqsadida tarixiy hujjatlardan foydalanish; - o‘quvchilar bilimining 
ishonarli bo‘lishiga erishish uchun buyuk kashfiyotlar, fundamental tajribalar tarixini 
bayon etish; - o‘quvchilar shaxsini takomillashtirish, milliy mafkura va tarbiyani 
amalga oshirish maqsadida buyuk olimlar hayoti va ilmiy faoliyatidan ayrim lavhalarni 
keltirish; - tarixiy mazmundagi masalalardan dars jaryonida foydalanish. Tarixiy 
hujjatlarni ushbu shaklda bayon etish shartli bo‘lib, ba’zan, bir necha usullar birgalikda 
qo‘llanilishi mumkin[9]. O‘tilayotgan mavzu ishonarli bo‘lishi uchun tarixiy tajribalar, 
kashfiyotlar, chizmalar, grafiklar, rasmlar, modellar orqali tushuntiriladi. Xuddi 
shuningdek, moddiy va abstrakt modellar, kinofilmlardan foydalanish ham mumkin. 



Download 5,34 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   194




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish