• OʻZBEK TILI VA INGLIZ TILIDA SO‘Z YASALISH TURLARI
  • Innovative Development in Educational Activities issn: 181-3523 volume




    Download 17,57 Kb.
    bet1/2
    Sana15.01.2024
    Hajmi17,57 Kb.
    #137370
      1   2
    Bog'liq
    260-262



    Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523

    VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2023

    Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938

    http://sjifactor.com/passport.php?id=22323





    OʻZBEK TILI VA INGLIZ TILIDA SO‘Z YASALISH TURLARI




    Allayarova Go‘zal Nuritdinovna
    (NavDPI o‘qituvchi)


    Shokirova Shaxrizoda Abdulaziz qizi


    (NavDPI talaba)


    Annotatsiya: Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasalishi hodisasi, uning nuqtai nazari ko‘rsatib o‘tilgan, so‘z yasalishining har ikkala tildagi ahamiyati, buyuk olimlarning fikrlari va o‘xshash va farqli tomonlari paydo bo‘lgan.
    Kalit so‘zlar: tilshunoslik, leksikologiya, affiksatsiya, affiksal morfema, morfemika, morfologiya.

    Barchaga maʼlumki, biror bir tilda aniq va ravon gapirish yoki yozish uchun oʻsha tilning soʻz yasalishini(grammatikasini) bilish kerekdir. Tilshunoslikda grammatikaga asoslangan so‘z yasalishi jarayonii muammolardan biri bo‘lib, bugungi kungacha o‘z murakkabligini yo‘qotmagan holda munozara bo‘lib keladi. Tilda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish bu soʻz yasalishidir. Til leksikasi lug‘aviy ma’nolarning o‘zlashtirish, so‘z yasalishi va yangi so‘zlar hosil olishi hisobiga muntazam boyib ketadi. Biri boshqasi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan bu jarayon ayni o‘rinda til taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ularning oʻzaro munosabatdoshligi, tilda yangi paydo boʻlgan soʻzlar soʻz oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlsa, soʻz oʻzlashtirish lugʼaviy birliklar maʼnosini farqlashda muhim rol oʻynaydi. Lug‘aviy birlik mazmunlarining paydo bo‘layotgan yangi so‘zning ma’nosiga zid bo‘lmagan ma’nolar o‘zlashtirishga (imkoniyat) vujudga keladi.


    Necha asrlardan beri bizga maʼluki, so‘z yasalishi oddiy, soddadek koʻrinsada, ammo uning obyektiv va sub’ektiv tahlili nihoyatda boy bo‘lgan sababli, tilshunoslikdan tashqari barcha sohada ham juda murakkabdir. Sababi undagi aniq ishlarni bevosita til faktlari tahlili orqali o‘z isbotini topishi kerak boʻladi. Shu sabablarga ko‘ra so‘z yasalish hodisasini olimlar ba’zan morfologiyaga aniqlashsa, ba’zan leksikologiya sohasiga tegishli deb kelishadi. Juda ko‘p ilmiy asarlarda so‘z yasalishi grammatikasiga tegishli bo‘lsa, boshqa bir adabiyotlarda esa leksikologiyaning bir qismi sifatida tatbiq etiladi. So‘z yasalishi hodisasini leksikologiya bo‘limiga kiritgan olimlar A.I.Smirnitskiy, I.V.Arnold, T.I.Arbekova

    kabilarning ishlarini yuqoridagi masalalarning isbot sifatida aytib o‘tish joizdir. Ingliz tilida so‘z yasalishi mavzusi H.Marchand, L.Bauer, A.Xatcher, A.I.Smirnitskiy, Z.A.Xaritonchik, O.D.Meshkov, A.N.Ilina kabi qator tilshunoslar aniqlangan.
    So‘z yasalishi termini ikki ma’noda qo‘llanadi: 1) umuman, so‘z yasalishi, til materiali asosida yangi so‘z hosil bo‘lish hodisasini bildiradi; 2) tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarini, masalalarini o‘rganuvchi bo‘limini bildiradi. Har bir tilning boshqa sohalari, masalan, morfologiya, sintaksis sohalari o‘z sistemasiga ega bo‘lgan kabi, uning so‘z yasalishi ham o‘z sistemasiga ega. Aynan shu sistema so‘z yasalishi bo‘limida tahlil qiladi.
    So‘z yasalishi bu boshqa so‘zlar asosida yangidan yangi so‘zlarning yasalishi anglanadi. Bu esa yangi nomni yaratish yoki ixtiro qilish deb ataladi. Har qanday til har doim yangi so‘zlarga muhtoj boʻladi. Bu texnologiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq sababdir.Yangi tuzilmalar va o‘zgarishlar sababli til yangi so‘zlarni olishi yoki boʻlmasa birlashtirishi kerak. Chunki yangi texnologiya yangi so‘zlarni oʻziga talab qiladi. Bu ba’zan so‘zning turini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shakllarga, masalan, morfologiyani o‘z ichiga olgan qo‘shimchalar bilan bog‘liq boʻlishi mumkin.Bir so‘zdagi morfologik farq bilan boshqa atamaning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi qarama-qarshilik juda oddiy ko‘rinishda boʻlsa ham, aralashish hali morfologik o‘zgarishmi yoki yasashmi degan savol tug‘iladi. So‘zlarni yasalishi bo‘yicha turli xil usullar bor. Ular hech qanday munozaralarni qo‘zg‘atmaydi va ko‘pchilik dialektlardagi kabi bir xildir.O‘zbek tilida so‘z yasalish usullariga affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, fonetik usullar kirishi barchamizga maʼlum. So‘zga so‘z yasovchi affiks qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan: bilim+li, maza+li, sinf+dosh. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘z yoki so‘z shakllarining qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z yasash kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deyiladi. Masalan: hozir-javob, asal+ari, rahm+dil. So‘z yasalishi esa tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, u ikki xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin:

    1. umuman yangi leksik mа’noli so‘z hosil qilish;

    2. tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni о’rganuvchi bo‘limini bildiradi;

    So‘z yasalishi qanday vosita, qanday usul bilan bo‘lmasin yangi leksik ma’noli so‘z hosil qilish demakdir.Ingliz tilida so‘z yasalishi ba’zan semantik o‘zgarishlarga qiyoslanadi. So‘z yasashning to‘rtta asosiy turi mavjud: prefikslar, suffikslar, konversiya va birikmalar. Konvertatsiya bu so‘zning bir so‘z turkumidan ikkinchisiga o‘zgarishini o‘z ichiga oladigan hodisa. Yaʼni ot fe’lga aylanadi – butter, vacation, bottle.Fe’llar otlarga aylanadi – guess, spy kabi sozlar. Frazali fe’llar otga aylanadi –
    to print out, to take over. Fe’llar sifatlarga aylanadi – to see through, to stand up. Prefikslar - bu boshqa ma’noli yangi so‘z yaratish uchun so‘z boshiga qo‘shadigan qo‘shimchalar hisoblanadi. Shuningdek, ular so‘zni salbiy yoki vaqt, joy yoki uslub munosabatlarini ifodalashi mumkin. Mana bir nechta misollar: believable- unbelievable, true-untrue, acceptable-unacceptable, possible-impossible, certain- uncertain. Suffikslar – bu so‘z oxirida qo‘shiladigan harf yoki harflar guruhi bo‘lib, yangi so‘z hosil qiladi. Masalan: familiar, joyful, noticeable, undestandable, responsible, accurate.
    Xulosa qiladigan boʻlsak, qanday uslub bilan bo‘lsada, yangi so‘z hosil qilish bu so‘z yasalishi deyiladi. Biror bir til oldindan mavjud boʻlgan imkoniyatlar bilangina chegaralanib qolmasligi barchamizga malumdir. Chunki jamiyatning ijtimoiy hayotida, ishlab chiqarish ishlab chiqarish, xoʻjalik, kundalik hayotda yangi narsalar, ma’naviy, madaniy, mafkuraviy sohalarda yangi urinishlar, ularning paydo bo‘lishi, ijtimoiy yangilikni ifodalash bo‘yicha paydo bo‘lib turadi. Til mana shu kommunikativ talabni rivojlantirish uchun oʻzga tillardan soʻz oʻz tuzilishi yoki oʻzida mavjud ichki joylardan yangi soʻzlar hosil qiladi. Mana shunday ehtiyoj obyektiv ravishdagi tilda yangi soʻzlarni talab qiladi. Qaysi tilda boʻlmasin soʻzlarning yasalishi, ularni toʻgʻri qoʻllay bilish biz uchun muhim va keraklidir.



    Download 17,57 Kb.
      1   2




    Download 17,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovative Development in Educational Activities issn: 181-3523 volume

    Download 17,57 Kb.