|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 163/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
164
Survoha tuproklarda fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari
1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara beradi.
Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida
toʻplanadi. Tuproqqa solingan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosforning 20—25%
solingan yili, 40— 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. Fosforli
oʻgʻitlar oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. Fosforli oʻgʻitlar ta’sirida hosil
pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada
kraxmal, qand lavlagi tarkibidagi qand miqdori koʻpayadi fosfor yetishmaganda
oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib oʻsadi.Fosfor hayot
uchun eng muhim element boʻlganidan, azot va kaliy singari katta ahamiyatga egadir.
Fosfor hujayralar protoplazmasi tarkibiga, xromosoma, va fermentlar tarkibiga kiradi,
oʻsimlik va hayvonlar organizmida fosfor boʻladi. Fosfor – hayot va tafakkur elementi
deb yuritiladi.Fosfor elementi noma’lum boʻlgan vaqtlarda yer goʻng va kul bilan
oʻgʻitlangan, oʻsimlikning fosforga boʻlgan ehtiyoji shu yoʻl bilan bir qadar ta’min
etilgan. Fosforli oʻgʻitlar masalasini rus olimlari A.N.Engelgardt, V.V. Dokuchayev
P.A.Kostichev, D.N.Pryanishnikov hal qildilar va bu oʻgʻitlar mamlakatimizda keng
ishlatila boshladi.
Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi:
1. Fosforit talqoni Ca3(PO4)2
Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni suvda
juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu oʻgʻit eng
arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli tuproqlarda oʻsadigan
oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi.
2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2CaSO4×2H2O
Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + CaSO4
Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi
tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin.Oddiy superfosfatni
tayyorlash uchun bir necha boʻlak hayvon suyagini olib, organik moddalari kuyub
ketgunicha kuydiring. Kuygan, tozalangan suyakni bolgʻa bilan mayda – mayda
boʻlaklarga boʻling va bu boʻlaklarni xovonchada kukunga aylanguncha maydalang.50
gramm suyak kukuniga 3 – 5 gramm bor talqonini aralashtiring. Aralashmani kimyoviy
stakanga solib, ustiga 20 gramm 70 % li sulfat kislotani sekin – asta qoʻshing.
Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. Sodir boʻlgan kimyoviy jarayon
natijasida aralashma isib ketadi. Aralashma sovuganda hosil boʻlgan kukun oddiy
superfosfat ya’ni, CaSO4 aralashgan Ca(H2PO4)2 dir.
Oddiy superfosfat nam taʻsirida qotib qolmasligi uchun hozirgi kunda grammlar,
yaʻni, donador holda ishlab chiqarilmoqda. Oddiy superfosfatda 14 – 20 % P2O5
boʻladi.
|
| |