|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 164/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
165
3. Qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2
Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi.
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi.
4. Pretsipitat CaHPO4×2H2O.
Pretsipitat ham konsentrlangan mineral oʻgʻit boʻlib, suvda oz eriydi.
Ca(OH)2 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O
CaCO3 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O + 2CO2
Pretsipitatlarda 30 – 35 % P2O5 boʻladi.
5. Ammofos Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi.
Bu oʻgʻit kompleks oʻgʻitlarga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda yaxshi
eriydi. Fosforli mineral oʻgʻitlar ichida eng koʻp ishlatiladi.
Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi ozuqa elementi P2O5 koʻrinishida boʻladi.
6. Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit.[4]
Tarkibida fosfor organik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga
oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin
yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimliklarning ildiz atrofida
rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan bir gektar
yerga ekiladigan urugʻlikka 100 ml suyuq yoki 250 gramm kukunli fosforbakterin
sarflanadi.Fosfororganik birikmalar tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita
yoki geteratom – kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar
sinfi.Fosfordan P2O5, H3PO4 olishda, organik sintezlarda, gugurt ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Qizil fosfor, surma (III)-sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy
temir (III)-oksid va yelimdan aralashma tayyorlab, gugurt qutisining yon sirtlariga
surtiladi. Gugurt kallagi asosan bertole tuzi, maydalangan shisha, oltingugurt va
yelimdan tarkib topgan boʻladi. P, As, Sb, Bi qotishmalar tarkibiga kiradi.Fosfor
birikmalari yuvuvchi vositalar (fosfatlar va polifos-fatlar), biologik faollikka ega
boʻlgan elementorganik birikmalar sintez qilish uchun (PCl3, PCl5, POCl3, PH3),
fosforli oʻgʻitlar: fosforit talqoni - Ca3(PO4)2 (tabiiy), bu suyaklarni kuydirib ham
olinadi, oddiy superfosfat - Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4, qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2,
presipitat - CaHPO4×2H2O, ammofos - NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4. Soʻngi yillarda
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari
tomonidan fosfor organik birikmalar asosida yangi murakkab oʻgʻitlar, defoliantlar va
oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan monoetanolamin suvdagi
eritmasining oʻzaro kimyoviy ta’siri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat
stimulyatori shular jumlasidandir.Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish tarmogʻi kimyo
sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetishtiruvchi
asosiy mintaqa boʻlgani sababli, mineral oʻgʻitlarning paxtachilikdagi roli juda katta.
|
| |