• TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
  • “PEDAGOGS”   international research journal ISSN




    Download 5,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/194
    Sana17.12.2023
    Hajmi5,34 Mb.
    #121843
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
    Bog'liq
    98-71-PB

    “PEDAGOGS” 
     international research journal ISSN: 
    2181-4027
    _SJIF: 
    4.995
     
    www.pedagoglar.uz
     
    Volume-26, Issue-2, January - 2023
     
    173 
    Tor ma’noda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir muhim 
    elementi va turi deb interpretatsiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma’noda 
    quyidagicha ta’rif bilan belgilangan. 
    Sotsial munosabatlar bu tabiat hodisalaridan o‘laroq bo‘lib, unda ijtimoiy 
    munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir. 
    O.Kont o‘zining pozitivistik ta’limotida sotsial munosabatlar muammolarini 
    xuddi biologik hodisalar metodi bilan o‘rganish prinsiplarini keng targ‘ib qiladi. 
    Pozitivistik-naturalistik yo‘nalishning ashaddiy raqibi bo‘lgan fenomenologik 
    sotsiologiya sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin qilganligi 
    uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. 
    TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
    Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar o‘tdi, yangi 
    jug‘rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo‘ldi. Eng muhimi esa totalitar tuzum barham 
    topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi 
    yemirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo‘ldilar. Endi esa jamiyatdagi 
    jarayonlarni, jumladan sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip 
    orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, sotsial munosabatlarning muammo 
    va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug‘ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning 
    hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabat muammolari jahon ilmiy 
    tafakkurining har-xil yo‘nalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib 
    ko‘rsatish mumkin. 
    Iqtisodiyot sotsiologiyasi ishlab chiqarish va mehnat jarayonini, taqsimot 
    munosabatlari, moddiy ta’minot, aholining moddiy turmush darajasi va shu kabi 
    jamiyatning iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Jamiyatning 
    ijtimoiy rivojlanishi, eng avvalo, uning iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy 
    rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarning 
    rivojlanish darajasi ham shunga mos ravishda taraqqiy qilib boradi. Masalan, AQSh, 
    Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevrupo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi va 
    aholining turmush darajasi madaniyati, xizmat ko‘rsatish sohalarining taraqqiyotini 
    belgilab beradi. 
    Sotsiologiyada milliy munosabatlar iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy 
    munosabatlardagi o‘zaro uzviy aloqadorlik nazarda tutilgan holda konkret etnik muhit 
    doirasida, ijtimoiy jamoalardagi, oiladagi, hududiy tartibdagi munosabatlar doirasida 
    olib qarab o‘rganiladi. Shuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy 
    hayotiga ta’siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq etilmoqda. 

    Download 5,34 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




    Download 5,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “PEDAGOGS”   international research journal ISSN

    Download 5,34 Mb.
    Pdf ko'rish