|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 176/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
177
Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi
mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Mashg`ulotlarda bolalar faoliyatni tashkil etish va bola egallagan bilim, ko`nikma
va malakalarini baholash jarayonini misol tariqasida biror ta`limiy faoliyat misolaida
ko`raylik;
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘quv yili davomida
bola egallashi lozim bo‘lgan quyidagi talablar qo‘yiladi;
-Bolalar Ona Vatan va atrof-olam, buyuk siymolar, bayramlar,
mashhur sarkardalar haqidagi bilimlarni egallaydilar;
-bolalar xalq amaliy san’ati, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalarini tahlil
etadilar;
-buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish
haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi;
-buyumlarning yasalishi va ishlatilish tartibini o‘zlashtiradilar;
-odamning ichki a’zolari (yurak, jigar, oshqozon, o‘pka) va ularning joylashuvi,
vazifalari haqida ma’lumot bera oladilar;
-bolalarga yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutish qoidalarini
o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, maqsadlarni tarbiyalash va
rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish
imkonini beradi.
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining
xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik,
ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan
tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turi, mazmuni va tuzilishi, ijtimoiy-tarixiy xarakteri yosh avlodga
obektiv ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimda,
san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi
faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan
kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi xulq-atvor
sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik roli to‘g‘risidagi
qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini
faoliyatning har xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga
mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mutsaqillikni
rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak.
Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o‘ynaydi.
Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman
|
| |