|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
35
XIX asrning 80 yillariga kelib Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa Evropa
davlatlarida neft qazib chiqarishili va uni qayta ishlash zavodlarining barpo etilishi,
avtomobillarning benzinli yoki dizel ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlanishiga olib
keldi.
Endi olimlar bug‘ mashinasi, elektrodvigatel emas, balki ichki yonuv
dvigatellari bilan ko‘proq qiziqa boshladilar. Chunki bunday dvigatellar ixcham,
tejamli va samaradorligi yuqori edi.
Fransiyalik Jak Eten Lenuar ichki yonuv dvigatellari «otasi» deb e’tirof etiladi.
Gap shundaki, u boshqa ixtirochilardan farqli o‘laroq dvigatelning tajriba namunasini
emas balki ishlab chiqarish uchun mumkin bo‘lgan texnologik nushasini yaratadi.
Germaniyaning Kyoln shahridan 30 yoshlik Nikolaus Otto Lenuarning dvigatelini
quvvatini oshirish hisobiga takomillashtiradi. Otto quyidagini aniqlagan edi: gazni
alangalatishdan oldin siqish kerak, potrlashni esa porshenning silindr ichidagi eng
yuqori holatida amalga oshirish kerak. Bu jarayon xozirgi zamonaviy dvigatellarda
bajariladigan kiritish, siqish, ish yo‘li va chiqarish taktlariga mos keladi. Bundan Otto
ixtirosining ahamiyatini tushunish qiyin emas.
1864 yili Otto badavlat Oygen Langen xomiyligida «Otto va kompaniya»
firmasini tashkil etadi va gazli dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 1867 yili
Parijdagi Xalqaro ko‘rgazmada Otto dvigateli o‘zining ixchamligi va tejamkorligi
bilan g‘olib chiqadi. Otto «Otto-Doys» markasi ostida xunarmandchilik sanoati uchun
statsionar dvigatellar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yadi. «Doys» - bu Kyoln shahri
yonidagi zavod qurilgan joyning nomi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun Ottoning xomiysi Langen, Karlsrue
(Germaniya) shahridan bilimli va tajribali muhandis Gotlib Daymlerni taklif qiladi.
Daymler o‘zi bilan eng yaqin do‘sti va yordamchisi Vilgelm Maybaxni ham olib
keladi. Shunday qilib taqdir o‘z vaqtining eng iqtidorli texnikmashinasozlarini
(Langen, Otto, Daymler, Maybax) bir ergabir korxonaga to‘pladi. Korxona 10 yil
faoliyati davomida 5 mingdan ortiq gazli motorlarni ishlab chiqardi.
Lenuar va Otto singari Dizel ham quyi tabaqa vakili bo‘lib, muhandislik
ma’lumoti olishga muyassar bo‘lgan edi. Nemis hunarmandi farzandi Parijda tug‘ilib
o‘sdi, lekin fransiya-prussiya urushi boshida oilasi bilan dastlab Angliya, so‘ng
Germaniyaga qochishga majbur bo‘ladi. Bu erda Dizel Myunxen oliy politexnika
maktabiga o‘qishga kiradi. Yonilg‘ining qizigan havoda alangalanishi nazariyasiga
ushbu maktab professori Bo de Rosha asos solgan edi. Dizel shu maktabda olgan
bilimlari asosida yangi «Dizel» dvigatelini yaratadi. Dizel dvigateli bug‘ dvigateliga
nisbatan yonilg‘ini 10 marta kam sarflar, istalgan yonilg‘i: ko‘mir va neft changi, smola
va palma moyida ham ishlashi mukin edi. Dizel dvigatelining ishlashi quyidagicha:
silindr ichida siqilgan va qizigan havoga yonilg‘i purkaladi, yonilg‘i qizigan havoga
|
| |