|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
33
Bug‘ mashinalarining ko‘payishi bilan ularning texnik imko-niyatlarini
baholash davr talabi bo‘lib qoldi. Bu muammolarning echimi ham Djeyms Uatt nomi
bilan bog‘liq. Uatt o‘zining bug‘ mashinalaridan birini pivo zavodiga o‘rnatadi. Unga
qadar zavod nasoslari otlar yordamida harakatga keltirilgan bo‘lib, ular bug‘
mashinalari bilan almashtirilgan edi. Shunda Uattning miyasiga mashinalarning
quvvatini «ot kuchlarida» (qisqartirilgan o.k.) baholashdek g‘aroyib fikr keladi. U
shuni aniqladiki suv nasosi ni harakatga keltirayotgan ot 1 sekundda 75 kg suvni 1 m
baland-likka ko‘tarar ekan. Bundan uning quvvati taxminan 75 kg m/s ga tengligini
anglash mumkin va bu quvvat 1 ot kuchi (o.k.) deb olingan. Lekin bu mezon quvvatni
to‘g‘ri baholash uchun etarli emasdi, chunki bir baquvvat ot ma’lum vaqt davomida 2
ot kuchi quvvatini berishi mumkin.
O‘lchovlarning noaniqligi va yagona o‘lchov usulining yo‘qligi mashinalar
quvvatiga noto‘g‘ri baho berilishiga sabab bo‘lardi.
1901-1907 yillargacha mashinalar imkoniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
taxminiy aytilgan, masalan, 20 o.k. dan 25 o.k.gacha.
Bir qancha Yevropa davlatlari o‘zlarining o‘lchov mezonlarini taklif qildilar.
Hatto «eshak kuchi» degan tushuncha ham mavjud edi. Uni angliyalik muhandis U.
Pris 1884 yili kichik quvvatli dvigatellarni baholash uchun taklif etgan. Unga ko‘ra 3
eshak kuchi 1 o.k. ga teng deb hisoblangan.
Nihoyat 1960 yili bularning barchasiga barham berildi. Shu yili o‘tkazilgan
og‘irlik va o‘lchamlarga bag‘ishlangan XI xalqaro konferensiyada, yagona Xalqaro
birliklar sistemasi (SI) qabul qilindi. Ushbu sistemaga binoan quvvat vattlarda (Vt)
ifodalanadigan bo‘ldi. Quvvat o‘lchov birligi Djeyms Uatt sharafiga atalgan bo‘lib Vt
(Vatt) deb yoziladi. 1 o.k. 735 Vt (75 kg m/s) ga teng. Buning ma’nosi shuki, agar
mashina 75 kg yukni chuqurlikdan 1 s vaqt ichida 1 m masofaga ko‘tarsa uning quvvati
1 o.k. ga teng.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib bug‘ mashinalarini relssiz yo‘llarga
mo‘ljallangan aravalarga, temir yo‘l va suv transportida qo‘llay boshladilar. Mu’lum
muddat bug‘ avtomobillari, parovoz va benzinli avtomobillar bilan raqobatlashib va
shu bilan birga bir birini to‘ldirib rivojlanib bordi.
Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769 yilda fransuz
Nikol-Jozef Kyuno (1715-1804) yaratdi (3-rasm).
Bug‘ mashinasi aravaning oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, oldingi
g‘ildirak ham etakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bo‘g‘ mashinasining bunday
o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak o‘ng yoki
chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘ qozoni ham
buriladi.
|
| |