|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
30
Shamshurenkov tomonidan yaratildi. Keyinroq I.P.Kulibin uch sildirakli «samokat»
ixtiro etdi. U inson muskuli kuchi bilan xarakatga keltirilar edi.
Bunday aravalarni xarakatga keltirish odamlarga bir qancha qiyinchilik va
noqulayliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ular bu aravalarni qandaydir kuch yordamida
xarakatga keltirish uchun uzoq izlandilar. Oqibatda ular yoqilg‘idan ana shunday
energiya olish mumkinligini sezdilar. Bu borada rus kashfiyotchisi I.Polzunovdan
tashqari fransuz Deni Papen, nemis Leupold, shvetsiyalik Triveld, inglizlar
Nyukomen va Uatt hamda boshqalar izlanish olib bordilar. Nihoyat insoniyat tarixida
transportning universal dvigateli bug‘ dvigateli ixtiro qilindi. Bug‘ mashinasi, avvalo,
o‘ziyurar ekipaj avtomobil uchun energiya manbai bo‘lib ishlatilgan edi.
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga
oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan.
Avtomobil kashfiyotchilarning bug‘ aravasini rivojlantirish takomillashtirish va
uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib borilishi natijasidir. Bir necha
yillar davomida bug‘ mashinasi asosida bir qancha o‘ziyurar avtomobillar yaratildi.
Birinchi bug‘ avtomobilini 1769 yilda fransuz xarbiy injeneri Kyuno yaratdi. Bu
mashina artilleriya yuklarini tashishga mo‘ljallangan. U o‘zinig ikkinchi bug‘
mashinasini 4-5 tonna yuk ko‘tarishga mo‘ljallab yaratdi. Uni jahondagi birinchi yuk
mashinasi, deb hisoblash mumkin. Kyunoning bu avtomobili uchta g‘ildirakka ega
bo‘lib, oldingi sildiragi etaklovchi va boshqariladigan edi. Bug‘ qozoni o‘txonasi bilan
avtomobilning oldingi qismiga o‘rnatilib bug‘ qozondan to‘g‘ri ikki silindrli bug‘
mashinasiga o‘tkazilar edi. Silindr porsheni esa oldingi sildirak, xrapovik mexanizmlar
bilan bog‘langan. Mashina to‘liq mukammallashmaganligi va bug‘ dvigatelining juda
og‘irligi va kattaligi uchun amaliyot jihatidan rivojlana olmadi. SHunga qaramay,
Kyuno ixtirosining katta axamiyatga ega ekanligini tan olish kerak. CHunki u birinchi
bo‘lib dvigatel bilan xarakatlanuvchi avtomobil yaratish mumkinligini isbotlab berdi.
XIX asrning birinchi yarmida Angliyada bir necha bug‘ dvigateli bilan
xarakatlanuvchi avtomobillar yaratildi. Ko‘pincha ular avtobus ko‘rinishiga ega bo‘lar
edi. Baxaybatligi va og‘irligi tufayli bug‘ avtomobillari oddiy yo‘llardan zo‘rg‘a
harakat qila olardilar. Natijada yo‘llarni yaxshilash, temir yo‘llar yaratish fikri tug‘ildi.
Bug‘ avtomobilining relsga qo‘yilishi parovozning vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi.
Bu davrda iqtisodiy texnika jihatdan kamchiliklarning ko‘pligi tufayli avtomobillar
yaxshi rivojlanmadi. Masalan, bug‘ dvigatelining yuqorida qayd etilgan kamchiliklari
avtomobilda undan to‘la foydalanishga to‘sqinlik qildi. 1860 yilda fransuz mexanigi
Eten Lenuar birinchi bo‘lib gaz bilan ishlovchi ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Lekin
u ham ba’zi kamchiliklardan holi emas edi.
Ichki yonuv dvigatelini takomillashtirish borasida ko‘pgina kashfiyotchilar ish
olib bordilar. 1862-1877 yillar davomida germaniyalik N.A.Otto o‘zini butun jahonga
mashxur qilgan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Otto 15 yil mobaynida foydali ish
|
| |