Pedagogs international research journal




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/194
Sana17.12.2023
Hajmi5,34 Mb.
#121843
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

Kalit so‘zlar: Avtomobil, ichki yonuv dvigatellari, bug‘ mashinasi, ot kuchi, 
samokatka. 
Avtomobilsozlik tarixi 
Avtomobillar xayotimizga shunchalik kirib kelganki ularsiz turmushni tasavvur 
qilish qiyin. Xususan xozirgi kunda xom ashyo va tayyor maxsulotlarni tashish, ochiq 
usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va sanoat 
korxonalari qurish, qishlok xo‘jaligiga zarur yuklar, ug‘it va turli maxsulotlar tashish, 
keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga uz vaqtida etkazib berish va boshqa 
maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir 
avtomobillarining ham mamlakatimiz axolisining kundalik turmushidagi axamiyati 
katta. 
Birinchi avtomobil qaerda va qachon yaratilgan, avtomobillardan avval qanday 
xarakat vositasi bo‘lgan? Xarakat manbai bo‘lgan dvigatellar qachon yaratilgan? 
Dvigatellarning qanday turlari bor? Xozirgi davrda qanday avtomobillar yaratilyapti 
va xokazo savollarga javob topish uchun avtomobil tarixiga nazar tashlaymiz.
«Avtomobil» so‘zi grekcha «autos» - o‘zi va lotincha «mobilis» - 
xarakatlanuvchi so‘zlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib «O‘zi - xarakatlanuvchi» 
degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil - quruqlikda xarakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil 
energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan hamda katta qulaylikka va 
xafsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashish uchun 
mo‘ljallangan mashinadir. Avtomobilni bunday ta’riflash uni boshqa transport 
vositalaridan ajratib turadi. 
Hozirgi avtomobilning paydo bo‘lishi oddiy tegirmon g‘ildiragidan to inson 
muskulidan xarakatga keluvchi o‘ziyurar aravachagacha bo‘lgan juda uzoq yo‘lni 
bosib o‘tdi. Birinchi marta ana shunday aravacha bundan 200 yil muqaddam yaratilgan 
edi. Bunday o‘ziyurar arava Rossiyada istiqomat qiluvchi deo‘qon Leontiy 



Download 5,34 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish