“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
26
tayanamiz. Har bir fanni oʽqitish jarayonida yuzaga
kelgan muammolar albatda
oʽquvchi shaxslik xususiyatlarida (jamoada hamkorlikda ishlash, oʽz fikrini bayon eta
olishligi, ijtimoiy moslashuvchanlik va boshqa shaxslik xususiyatlarga oid).
Shuningdek, taʽlim olish jarayoniga bogʽliq oʽqituvchi tomonidan metod, metodika va
texnologiyalarning mavzuga oid oʽrinli qoʽllana bilishlik. Oʽquvchida oʽrganayotgan
fanga nisbatan qiziqishni orttirishni tajribasiga ega boʽlish talab etiladi. Boshqa fanlar
qatorida tabiiy (science) fanlarni oʽqitishda ham yoʽqorida keltirilgan masalalarga oid
tomonlari mavjud.
Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan,
shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi.
Shuningdek, tabiiy ob’ektlardan hayvonlarni o’rganishda ham foydalansa boladi.
Ko’pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko’rsatish mumkin
bo’lsa ham ekskursiyalarga
afzallik berish kerak boladi, chunki bunda o’quvchilar
faqat ularning tashqi ko’rinishini emas, balki xulq-atvorlari bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali,
masalan, har xil rangdagi granit, kvars, dala shipati, loy, qum, kal’sit (bo’r, marmar,
ohak, har xil toshko’mir, temir,
mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar
hamda qotishmalar) temir, cho’yan, polat, alyuminiy, tuproq namunalari va boshqalar
bo’ lish mumkin. O’ quvchilarga bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan
tabiat
jismlari va hodisalari to’ g’ risida aniq va to’gri tasavvurlar hosil qilish uchun
ko’rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik bo’yicha
devoriy
o’lkashunoslik suratlaridan, foydalanish mumkin. Ular tabiatning o’lkashunoslik
ob’ektlari to’grisida tasavvur va tushunchalar shakllantirishga yordam beradi.
Sinflarda bosma
rasmlari, ularni ifodalovchi matnlari, o’ quvchilar uchun savol va
topshiriqlari bo’lgan "Kuzatishlar kundaliklari"dan foydalanish zarur. Tabiatshunoslik
materiallarini amaliy o zlashtirishda xarita-sxemalarni chizish katta o’rin tutadi. Ularni
qo’llanish yo’lida (ufq tomonlarini aniqlashda) maktab
hovlisidagi narsalarning
joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi qadam bo’ladi. Kartografik tasvirlarni
o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishni tekshirish uchun xarita- sxemalardan
foydalanish qulay.
O’quvchilarni amaliy bilimlarini sinash maqsadida 4-sinflarda
quyidagi
muammoli savollarni o’rtaga tashlash mumkin. Yozning jazirama issig’ida cho’lda
turibsiz. Amaliy kuzatish bilimlaringizga tayanib, turgan
joyingizdan orientir olib,
janub tomonni belgilang. Amaliy tabiatni kuzatish natijasida quyidagi faktorlar asosida
janubni aniqlash mumkin: 1) sudralib yuruvchi hayvonlar o’z inini kirish yo’lini doim
janubga qaratadi; 2) qushlar o’z uyasini doimo janub tomonga qo’yadi; 3) osimliklar
shoxlari doimo janub tomonga egilgan; 4) osimlik poyasining
janub tomoni doimo