“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/194
Sana17.12.2023
Hajmi5,34 Mb.
#121843
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
27 
yog’onlashgan boladi; 5) barxan qumlar bir uchi shimolda ikkini uchi esa janubga 
yotgan boladi. 
«So’z top» o’yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish 
mumkin. O’qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so’z aytadi, 
o’quvchilar davom ettiradilar. O’qituvchi boshlagan so’z qaysi harf bilan tugasa, 
o’quvchi shu harfdan boshlangan so’zni aytishi kerak. 
Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tipratikan — nortuya — yalqov (panda) 
— ayiq — qarg’a — ari va hokazo. Bu usul o’quvchilarni tezkorlik bilan fikr 
yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi. 
«Klaster» usuli. Bu usul o’quvchiga berilgan mavzu bo’yicha erkin o’ylash va 
fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o’quvchi nimani 
o’ylagan bo’lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to’g’ri yoki noto’g’ri 
bo’lishidan qat’i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi. 
Bu sinfning har bir o’quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni 
uyg’unlashtirib, ular o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini 
yaratadi. «Klastyer» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchini darsga 
qiziqtirib, shu mavzu bo’yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda 
o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’tkaziladi. Masalan, «O’lkamizdagi uy va 
yovvoyi hayvonlar» mavzusi. 
«Mozaika», ya’ni mayda bo’laklardan yaxlit ko’rinishni hosil qilish. Bunda 
qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo’laklarga bo’linib, har bir 
guruhga alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo’lakchalarni bir butun 
ko’rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt 
haqida gapirib beradilar. 
«To’xtab o’qish» usuli. O’qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha 
marta to’xtab, o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga 
tegishli bo’lishi zarur. Yoki o’quvchi matn o’qish jarayonida to’xtatilib, nima haqida 
o’qiganligi so’raladi. Bu usul orqali o’quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil 
fikrlash ko’nikmalari shakllanadi.
2
«Zanjir» usuli. Bu usulni she’r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda qo’llash 
maqsadga mu-vofiqdir. O’quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she’r misrasi yoki 
topishmoq qatorini aytadilar. Bu usul qo’llanganda o’quvchi uyalib qolmasligi uchun 
berilgan she’r, maqol, topishmoqni yod olishga majbur bo’ladi. 
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz kerak, tabiiy (science) fanlarni o’qitishda 
unda foydalaniladigan ya’niy ta’lim olishga va shaxsga yo’naltirilgan metodlarning 
ahamiyatli jihatlari haqida to’xtalib o’tildi. To’xtalib o’tilgan nazariy ma’lumotlarni 
amaliy-labaratoriya darslarida qo’llanilsa katta yordam beradi.
2
G’ulom Maxmudovich Sayfullayev. Luiza Alimova. Boshlang’ich sinflarda tabiiy fanlarni o`tishda amaliy ishlarni 
tashkil etish. B.4. 



Download 5,34 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish