|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
24
texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati
individual tarzda tashkil etiladi.
1
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi
bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish
xususiyatlarini o’rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o’quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Farq qilish va aniqlash bo’yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o’qituvchi
tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o’simliklarni topish va to’plashni,
namunalar yig’ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari,
moslashishlarini, o’zgaruvchanlikni o’quvchilarning o’zlashtira olish qobiliyatlariga
qarab tanlab berishi kerak. Osimliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo’yicha
ishlarni o’quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar. Osimliklarni yoshini tabiatda
nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik shoxlanishiga qarab aniqlash
mumkin. Osimlik bahordan kuzgacha o’sish davriga ega, kuzdan bahorgacha tinim
davri boladi. Bu osimlikning bir yoshi demakdir, ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish
sodir bo ladi. Shoxlanish orasidagi masofa o simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o
quvchilarga tabiatda tushuntirish talab etiladi. O’quvchilar amaliy bilimga ega
bo’ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan turib ham aniqlash mumkinligini bilib oladilar.
Bu ekologik, hamda ilmiy tushunchalarni shakllantiradi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari ti/imida amaliy ishlar tabiat haqidagi
bilimlarni o zlashtirishda katta rol o’ynaydi. Amaliy ishlar o’quvchilarni ular faoliyati
jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o’rgatish metodidir. Amaliy ishlarga
o’quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig’ish, maktab oldi yer
maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o’simliklarni parvarish qilish, gerbariy va
kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko’rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat
turlari kiradi.
Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini o’qish
jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar. Bu mashg’ulotlarda
oquvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan
va avvalo ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki
haqiqiy ob’ektlar kiradi [3].
1
M.T.Pirmatova, E.E.Begmatova.“ Tabiiy fanlarni oʽqitishda innovatsion metodlardan foydalanish”. “Zamonaviy
dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar” nomli ilmiy-masofaviy onlayn konferensiya. B.2.T.2022.
|
| |