“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/194
Sana17.12.2023
Hajmi5,34 Mb.
#121843
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
23 
alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7- 
sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi.
Tabiiy (SCIENCE) fanlarining yuzga kelishi, afzalliklari va ahamiyati shundan 
iboratki, ushbu fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, 
ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada 
PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati 
kengayadi. Tabiiy (SCIENCE) fanlar - insonni, uning sog'lig'ini, shuningdek butun 
atrof-muhitni: tuproqni, atmosferani, umuman yerni, kosmosni, tabiatni, barcha tirik 
va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va 
ularning o'zgarishini o'rganadigan fanlardir. 
Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar
tirik organizmlarning rivojlanish bosqichlari, 
tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning 
ko‘rsatadigan ta’sirlari haqida ilmiy va amaliy 
bilimlar majmuasi.
O‘quvchining 
ichki motivatsiyasining 
qanchalik shakllanganligi tabiiy (science) yaʽni, fanlarga qiziqishi, atrof-muhit 
muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi 
hamda tabiiy va ijtimoiy muhitga ta’sirini tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi. Tabiiy 
fanlarni oʽzaro integratsiya asosida oʽrganish, o‘quvchilarda tabiatni butun bir borliq 
sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. Shu bilan 
birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, zamon va makon 
miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissini 
tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv 
materiali - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni 
saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur 
kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va 
boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon 
beradi. Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini 
shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini 
bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish 
jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan 
ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. 
Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard 
natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik 



Download 5,34 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish