|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
31
koeffitsienti (F.I.K.) 0,15 ga teng bo‘lgan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu dvigatel
to‘rt taktli ichki yonuv dvigateli deb ataldi. Mana shu yangi yaratilgan to‘rt taktli ichki
yonuv dvigateli avtomobilsozlikning rivojlanishi uchun poydevor bo‘ldi.
Ko‘p yillar davomida er usti transportini harakatga keltiruvchi asosiy kuch
dastlab ho‘kizlar keyin otlar va boshqa yirik uy xayvonlari bo‘lib kelgan. Lekin
odamlar energiyaning boshqa turi ustida bosh qotira boshladilar, ya’ni
charchamaydigan, kasal bo‘lmaydigan va ochlik nimaligini bilmaydigan energiya
manbalari axtara boshladilar. Bu borada insonga tabiatning o‘zi yo‘l ko‘rsatdi.
Energiya manbai sifatida shamol kuchidan foydalandilar.
Elkanlar shamol yordamida qayiqni xoxlagan yo‘nalishda, xox shamol
yo‘nalishida xox unga qarshi harakatlantirishi mumkin edi.
Dastlabki elkanli aravalar qadimgi misrda eramizdan avvalgi XVII - XVIII
asrlarda paydo bo‘lgan. Misr fir’avnlari cho‘l orqali bir shahardan ikkinchi shaharga
yurishda elkanli aravalardan foydalangan. Keyinchalik elkanli aravalar ma’lum
muddatga unut bo‘ladi.
Stiven yana bir qancha shu kabi ekipajlarni yaratib ular yordamida gollandiya
qirg‘oqlari bo‘ylab SHeveningem va Pitten shaharlari orasida transport qatnovini
vujudka keltiradi. Bu shaharlarninig orasidagi masofa 60 km bo‘lib «vetroxod» bu
masofani 2-3 soatda bosib o‘tgan.
Mexanik I.P.Kulibin 1791 yil vatandoshi Shamshurenkovning «o‘ziyurar
kolyaska» g‘oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga keladigan
«samokatka»sini yaratdi.
Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning ravon yurishini ta’minlaydi (Rasm
1). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi.
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 km ni tashkil etib, kuzovga ikki odam
joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning orqasida turib uni
1-rasm. Kulibinning
«samokatka»si
1791 yil.
|
| |